Tramp AQŞdagi ommaviy noroziliklarni jilovlay olmayapti
31-01-2026, 21:47
78 марта

Tramp AQŞdagi ommaviy noroziliklarni jilovlay olmayapti
AQŞning şimolidagi yirik şaharlardan biri – Minneapolisda minglab odamlar köçalarga çiqdi. Namoyişçilar Prezident Donald Tramp qöllab-quvvatlayotgan federal immigratsiya agentlari şaharni tark etişini talab qildi. Yana 46 ta ştatda norozilik namoyişlari ötkazilişi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni “Reuters”xabar bermoqda.Qayd etilişiça, noroziliklar Tramp mamuriyatining immigratsiyaga qarşi “Metro Surge” operatsiyasi böyiça bir-biriga zid bayonotlari fonida avj olgan. Norozilik namoyişlari fonida Tramp Minneapolis hududiga taktik kiyimdagi 3 ming nafar federal zobitni yubordi. Bu kuç Minneapolis politsiya departamenti sonidan qariyb beş baravar köp.
AQŞ Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) tomonidan qöllanilgan keskin uslublarga norozilik bildirgan minglab odamlar Minneapolis markazida, sovuq havo şaroitiga qaramay, töplanişdi. Namoyişçilar orasida yoş bolali oilalar, keksalar va faol yoşlar ham bölgan.
Aholi “ICE yöq” yozuvli sviterlar kiyib, agentlik şaharni tark etişini talab qiluvçi plakatlar bilan çiqdi. Ular AQŞ ga özlarini xavfsizroq va yaxşiroq hayot izlab kelganini takidlaşmoqda.
Noroziliklar faqat Minnesota ştati bilan çeklanib qolmadi. Taşkilotçilar 46 ştatda, jumladan, Nyu-York, Los-Anjeles, Çikago va Vaşington kabi yirik şaharlarda “Iş yöq. Maktab yöq. Xarid yöq. ICEni moliyalaştirişni töxtating” şiori ostida 250 ga yaqin namoyiş ötkazilişini malum qildi.
Bu orada Donald Tramp ICE faoliyatini nazorat qiluvçi Içki xavfsizlik vaziri Kristi Noemga işonç bildirdi. Biroq, tanqidçilar uning istefosini talab qilmoqda.