USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya biodron yaratmoqçi. Miyasiga çip örnatilgan kabutarlar yangi qurolga aylanadimi?

258 марта

Rossiya biodron yaratmoqçi. Miyasiga çip örnatilgan kabutarlar yangi qurolga aylanadimi?

Manba: Neiry
Rossiyaning Neiry Group kompaniyasi kabutarlarning miyasiga çip joylaştirib, ularni masofadan boşqariladigan biodronlarga aylantirnoqçi. Kompaniyaning press-reliziga köra, bu quşlardan haqiqiy qurol sifatida foydalaniş mumkin. Neiry asosçisi Aleksandr Panov Vladimir Putinning kenja qizi Katerina Tixonova bilan hamkorlikda mazkur loyihaga qöl urgan. 

Katerina Tixonova hozirda Moskva davlat universitetining Suniy intellekt va intellektual tizimlarni çuqur örganiş instituti rahbari hisoblanadi. Panov bu institutdan katta miqdordagi investitsiya va taniqli olimlarni jalb qilişga muvaffaq böldi. Tadbirkor turli konferentsiyalarda Neiry kompaniyasining maqsadi neyrotexnologiya yordamida dunyoni egallaş ekanini köp bor takidlagan.


Kabutar dronlar qanday tayyorlanadi?
Biodronlar birinçi marta 2025 yil 25 noyabrda sinovdan ötkazilgan. Öşanda miyasiga çip implantatsiya qilingan kabutarlar laboratoriya şaroitida muvaffaqiyatli parvoz qilgan. Kompaniyaning malum qilişiça, Neiry allaqaçon önlab bunday quşlarni tayyorlagan. Hujjatlarda ulardan asosan sanoat va atrof-muhit obektlarini tekşiriş yoki qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini ötkaziş uçun foydalaniş közda tutilgani qayd etiladi. Ammo biodronlar amaliy jihatdan boşqa maqsadlarda, jumladan, harbiy maqsadlarda ham işlatilişi mumkin. Masalan, duşmanni yaşirin kuzatiş uçun.

Foto: Google Images
Şunday bölsa-da, Neiry vakillari biodronlar tinçlik maqsadida işlab çiqilayotganini takidlaşdan çarçamayapti. Hozirda quşlar qisqa masofalarga uçiş böyiça sinovdan ötkazilayotgan bölsa-da, işlab çiquvçilar kelajakda ularni önlab kilometrli parvozlarga yuborişni rejalaştirmoqda.

Biodronga aylantirilgan kabutarni taşqi körinişi böyiça oddiy kabutardan osongina ajratiş mumkin: uning boş qismida neyron interfeys kabeli böladi, orqa tomoniga boşqaruv elektronikasi va quyoş batareyalari solingan ryukzak örnatilgan va kökragiga videokamera joylaştirilgan.
Neiry tomonidan işlab çiqilgan va kabutar miyasiga örnatilgan çiplardagi stimulyator quşning instinktlariga tasir qiluvçi impulslarni yuboradi, masalan, çapga yoki öngga burilişni buyuradi. GPS tizimi yordamida kabutarlar kerakli manzilga yetib boradi. Biodronning kameralari jamoat joylaridagi oddiy kameralar kabi işlaydi.

Neiry kompaniyasi takidlaşiça, biodronlar ananaviy dronlarga nisbatan bir qator afzallikka ega. Ular uzoqroq masofagaça uça oladi, işlaş vaqti jonsiz dronnikiga nisbatan köproq, çunki batareyasi tugab qolmaydi. Bundan taşqari, bunday biodronlarning narxi oddiy dronlarnikiga nisbatan ança arzonroq.

Ammo biodronlarning işlaş printsipinibatafsil bayon qiluvçi ilmiy maqolalar hali naşr etilmagan. Internetda faqatgina kabutarlarning sinov vaqtida olingan videolari mavjud. Mazkur videolarda çip örnatilgan quşlar buyruq asosida çapga yoki öngga uçgani aks etgan.

Kabutarlarni biodronga aylantiriş xavfsizmi?
Kompaniyaning veb-saytida sinov uçun tanlab olingan quşlarning hayoti va soğliğiga heç qanday xavf yöqligi takidlangan. Kabutarlar miyasiga çip örnatiş jarayoni zamonaviy jarrohlik uskunalari yordamida amalga oşirilişi, çiplarni implantatsiya qiliş ularning umrini qisqartirmasligi aytilgan.
Ammo sinov böyiça malumotlar oçiq manbalarda yöqligi tufayli buni amalda haqiqatda tekşirişning iloji yöq. Bazi olimlar kabutarlarning miyasiga çip örnatiş ularning umrini qisqarişiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda. Ularning fikriça, miyada begona jismning mavjudligi yalliğlanişdan tortib infektsiya xavfigaça bölgan turli xil asoratlarga olib kelişi mumkin.
Bloomberg saytida elon qilingan maqolada Dyuk universitetining bioetika mutaxassisi Nata Farahani dron kabutarlarini yaratiş amaliyotini “jirkanç” deb atadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: