Rossiyadagi texnikumda otişma sodir böldi. Qurbon bor
12-02-2026, 08:05
106 марта

Rossiyadagi texnikumda otişma sodir böldi. Qurbon bor
Bugun, 11 fevral kuni Rossiyaning Anapa şahridagi sanoat texnikumida 18 yoşli talaba tomonidan otişma sodir etildi. Oqibatda bino qöriqçisi halok bölgan va yana uç kişi jarohatlanib şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Maş” xabar berdi.Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevning aytişiça, halok bölgan qöriqçi xavfsizlik tugmasini bosişga ulgurgan. Şu orqali qurbonlar soni köpayişini oldi olingan. Şunga qaramay, otişma oqibatida uç kişi jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga yetib borgan huquq-tartibot xodimlari 2008 yilda tuğilgan talabadan silliq dastali ov quroli, öq-dorilar solingan nimça va önlab patronlarni musodara qilgan. Hozirça hujumning aniq sabablari malum emas. Mutaxassislar qurolning qonuniy yoki noqonuniy ekanligini va texnikumdagi xavfsizlik tizimini tekşirmoqda.
Bu fojia nafaqat voqea sodir bölgan hudud uçun, balki butun Rossiyadagi maktab va texnikumlarda xavfsizlik masalalarini qayta körib çiqişga turtki bölmoqda. Şuningdek, yoşlar orasidagi ruhiy salomatlik masalalari va qurol nazoratining dolzarbligiça qolmoqda.