RF uruşga qarşi pozitsiyasi uçun 4 mingdan ortiq kişini taqib qilmoqda
25-02-2026, 11:11
173 марта

RF uruşga qarşi pozitsiyasi uçun 4 mingdan ortiq kişini taqib qilmoqda
Huquq himoyasi bilan şuğullanuvçi “Siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş. Memorial” loyihasi malumotlariga köra, RF hokimiyati Ukrainaga qarşi uruş bilan boğliq, siyosiy sabablarga köra qözğatilgan işlar doirasida 4 mingdan ortiq kişini taqib qilmoqda.Huquq himoyaçilari seşanba kuni, 24 fevralda — tölaqonli uruşning törtinçi yilligida — 2026 yil 18 fevral holatiga köra Rossiyada va Ukrainaning RF tomonidan bosib olingan hududlarida kamida 4029 nafar şaxs ana şunday işlar böyiça ayblanuvçi sifatida qayd etilganini bildirdi.
Bu odamlarning uçdan biri ukrainlar ekani aytilgan. “Bizga Ukraina pasportiga ega kamida 551 nafar fuqaro (tinç aholi) va 726 nafar ukrain harbiy xizmatçisining ismlari malum. 2022 yildan beri kamida 39 nafar ukrain fuqarosi umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilingan”, — deyiladi xabarda.
Siyosiy motivli, uruş bilan boğliq işlar böyiça jami 3059 nafar şaxs hanuzgaça qamoqda saqlanmoqda. Rossiya sudlari 2730 ta hukm çiqargan, şulardan 2302 tasi haqiqiy ravişda ozodlikdan mahrum etişni (qamoq jazosini) nazarda tutadi. Huquq himoyaçilari takidlaşiça, bunday işlar böyiça sudlar birorta ham oqlov hukmini çiqarmagan.
“Siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş. Memorial” loyihasi malum qilişiça, repressiyalardan eng köp jabr körganlar Kursk viloyatida (346 kişi), Ukrainaning Donetsk viloyatining RF nazoratidagi qismida (289), Moskva va Moskva viloyatida (249) hamda Rossiya tomonidan qöşib olingan Qrimda (212) qayd etilgan. Umuman olganda, Ukrainaning bosib olingan hududlarida — Xerson, Zaporijjya, Donetsk, Luxansk viloyatlarida, Qrim va Sevastopolda — 899 nafar kişi siyosiy motivlar bilan jinoiy taqibga uçragan.
Rossiya fuqarolari Ukrainadagi uruş bilan boğliq siyosiy motivli jarayonlarda köpinça davlatga xiyonat moddasi böyiça (473 kişi), terrorçilik böyiça (317 kişi) hamda terrorçilikka ommaviy davat qiliş va uni oqlaş moddalari böyiça (298 kişi) ozodlikdan mahrum etilmoqda. Xabarda qöşimça qilinişiça, Ukraina fuqarolari asosan RFda va bosib olingan hududlarda davlatga xiyonatda (199 kişi), terrorçilikda (159 kişi) va josuslikda (125 kişi) ayblanib taqib qilinmoqda.