Eronning raketa zarbasi oqibatida 9 isroillik halok böldi
1-03-2026, 22:15
159 марта

Eronning raketa zarbasi oqibatida 9 isroillik halok böldi
Quddus yaqinidagi Beyt-Şemeş şahrida Eron raketasi turarjoy binosiga urilişi oqibatida 9 kişi halok böldi. Bu haqda Isroil milliy tez tibbiy yordam xizmati xabar berdi.Malumotlarga köra, hujum oqibatida 20 dan ortiq kişi jarohatlangan va şifoxonaga yotqizilgan. Ikki nafar yaradorning ahvoli oğir deb baholanmoqda.
Voqea joyiga Içki qöşinlar xizmatining katta kuçlari, tibbiy brigadalar, öt öçiruvçilar va qutqaruv guruhlari safarbar etilgan.
Jarohatlanganlarning bir qismini vayron bölgan bino qoldiqlari ostidan olib çiqişga töğri kelgan, bazilar esa vayron bölgan xonadonlardan evakuatsiya qilingan.
Isroil Mudofaa armiyasi (TsAHAL) matbuot xizmatining malum qilişiça, dastlabki tekşiruv erta ogohlantiriş tizimlari soz holatda ekanini körsatgan. Ogohlantirişlar oldindan yuborilgan, raketa tuşgan hududda sirenalar odatdagi tartibda işlagan. Raketaning binoga tegişi bilan boğliq holat örganilmoqda.