AQŞ va Eron örtasidagi uruş dollarga talabni oşirdi
5-03-2026, 12:59
335 марта

AQŞ va Eron örtasidagi uruş dollarga talabni oşirdi
Yaqin Şarqdagi harbiy töqnaşuv jahonda Amerika valyutasiga bölgan talabni keskin oşirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Naşrning yozişiça, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi boşlanganidan keyin investorlar faol ravişda dollarga öta boşlagan. Geosiyosiy xatarlar kuçayişi fonida bozor iştirokçilari jahon moliyaviy tizimidagi eng likvid aktiv – dollar orqali öz mablağlarini himoya qilişga harakat qilmoqda. Agentlik malumotiga köra, ikki kun içida dollar indeksi boşqa jahon valyutalariga nisbatan taxminan 2 foizga oşgan.
“Satori Insights” asosçisi Mett Kingning takidlaşiça, dollar kursining keskin ösişi asosan kapital oqimlarining qayta taqsimlanişi bilan boğliq. Investorlar sönggi oylarda köplab bozorlarni qöllab-quvvatlab turgan spekulyativ pozitsiyalarni tezda yopib, likvid aktivlarga ötmoqda. Natijada dunyodagi köplab moliya bozorlari pasaymoqda. Jumladan, KOCPI indeksi ikki kun içida qariyb 20 foizga tuşib ketgan.
Erondagi keskinlik kuçayişidan oldin dollar bosim ostida edi. Dollar indeksi yanvar oyida taxminan 2 foizga pasayib, sönggi tört yildagi eng past darajaga tuşgan, ötgan yil davomida esa 10 foizdan ortiq qadrsizlangan. Investor Jeffri Gandlaxning fikriça, bu tendentsiya uzoq muddatli bölişi mumkin. Şu bois investorlarga real aktivlar va rivojlanayotgan bozorlar aktsiyalariga sarmoya uluşini oşiriş tavsiya etilgan.
Amerika valyutasining global ustunligi zaiflaşişi qariyb çorak asrdan beri davom etmoqda. Bu jarayon Yevro 1999 yilda paydo bölişi va Xitoyning 2001 yilda Jahon savdo taşkilotiga azo bölişi bilan boşlangan. Xalqaro valyuta jamğarmasi malumotiga köra, jahon valyuta zaxiralarida dollar uluşi 2000 yillar boşidagi 70 foizdan ortiq körsatkiçdan hozirgi kunda taxminan 57 foizgaça tuşgan. Şunga qaramay, dollar xalqaro savdoda hali ham keng qöllaniladi.