Qozoğiston ayrim rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilmoqçi
11-03-2026, 06:13
238 марта

Qozoğiston ayrim rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilmoqçi
Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomalarini (VYaR) qalbakilaştiriş böyiça yirik jinoiy işni tergov qilmoqda. Bu iş uruş tufayli mamlakatga kelgan köplab rossiyaliklarning deportatsiya qilinişiga sabab bölişi mumkin. Bu haqda rossiyalik qoçqinlarga yordam beruvçi huquq himoyaçilariga tayanib, “Slovo zaщite” loyihasi xabar berdi.Huquq himoyaçilarining sözlariga köra, iş böyiça “önlab erkak jinsiga mansub va çaqiruv yoşidagi rossiyaliklar” guvoh sifatida jalb qilingan. Tergov 2026 yil fevral oyi oxirida boşlangan va tergovçilar bir vaqtning özida 3-4 kişini söroq qilmoqda.
Qozoğistonda bir yilgaça qoliş imkonini beruvçi VYaRni rasmiylaştiriş uçun rasmiy iş joyi va röyxatdan ötgan manzil (“propiska”) talab etiladi. “Slovo zaщite”ning yozişiça, Qozoğiston bir munça vaqt “soxta VYaR” bozoriga nisbatan xotirjam munosabatda bölgan, biroq vaqt ötişi bilan migratsiya siyosati qattiqlaşgan.
“VYaR işi bilan migratsiya politsiyasi emas, balki Milliy xavfsizlik qömitasi boşqarmasi şuğullanayotganini hisobga olsak, gap Rossiya Federatsiyasi bilan kelişilgan röyxatlar asosida ommaviy deportatsiyaga tayyorgarlik haqida borayotgan bölişi mumkin”, deb hisoblaydi “Slovo zaщite”.Huquq himoyaçilari soxta VYaR böyiça jinoiy iş figurantlariga Rossiyaga deportatsiya qilinmasliklari uçun hali imkon borligida Qozoğistonni zudlik bilan tark etişni qatiy tavsiya qilmoqda.