Eronning eng kuçli quroli bir hafta içida tartibsizlik keltirib çiqarişi mumkin
16-04-2026, 20:08
316 марта

Eronning eng kuçli quroli bir hafta içida tartibsizlik keltirib çiqarişi mumkin
Britaniya ommaviy axborot vositalari Eronda raketalar va dronlardan ham samaraliroq strategik vosita borligini yozdi. Xabarlarga köra, Eron bu vositani qurol sifatida işlatişi va Fors körfazi davlatlarini bir hafta içida tartibsizlikka olib kelişi mumkin. Takidlanişiça, bu omil uzoq davom etadigan uruşda hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.AQŞ va Isroilning Eronga qaratilgan hujumlaridan söng, Eron körfazdagi qöşni davlatlarda joylaşgan AQŞ bazalari va elçixonalarini raketa va uçuvçisiz havo apparatlari bilan nişonga oldi.
Britaniyaning yetakçi naşrlari AQŞ aktivlari tufayli qöşnilariga hujum qilayotgan Eron qölida raketalar va dronlardan ham kuçliroq qurol borligini takidladi.
Neft va gaz infratuzilmasidan ham muhimroq nişonga aylanişi mumkin bölgan bu “qurol”, ayniqsa Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arabiston yarimoroli davlatlarini bir hafta içida izdan çiqarişi mumkin.Fors körfazi davlatlarida suv taminoti infratuzilmasi — jiddiy strategik zaiflik. Yuqori harorat va kam yoğingarçilik hukmron mintaqada bundan boşqaça bölişi mumkin emas.
Fors körfazi hamkorlik kengaşi (KHK) azolari — Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Bahrayn, Qatar va Ömonda içimlik suvining katta qismi tuzdan tozalaş inşootlari orqali taminlanadi.
Eron qöşni mamlakatlarga hujum qilsa nima böladi?
Eron raketa, dron yoki kiberhujumlar orqali uşbu inşootlarni nişonga oliş imkoniyatiga ega.
Xabarlarga köra, Körfaz davlatlarida zaxira qilingan suv faqat 7-14 kun davomida yetarli bölişi mumkin. Kamçilikni taşqi manbalardan qoplaş mumkin, ammo bu global logistikaga oğirlik tuşiradi va milliardlab dollarlik xarajatlarga olib keladi.Tuzdan tozalaş inşootlari katta energiya talab qiladi va köp hollarda neft va gaz infratuzilmasi bilan boğliq. Şu sababli energiya obektlariga hujumlar ham suv inqirozini keltirib çiqarişi mumkin.
Fors körfazida uzoq davom etadigan ehtimoliy uruşda neft emas, balki suv hal qiluvçi omilga aylanişi mumkin.
Eron suv ehtiyojining katta qismini daryolar, suv omborlari va yerosti manbalari orqali qoplaşi qayd etilgan bölsa ham bu mamlakatlarda suv tanqisligi uzoq yillardan beri aholini qiynab keladi. Bu holat Tehronga qisman strategik ustunlik beradi.
Körfaz davlatlarining tuzdan tozalaşga boğliqligi
Tahlilçilarning fikriça, Körfaz davlatlari suv taminotida tuzdan tozalaş inşootlariga yuqori darajada boğliq.
Saudiya Arabistoni içimlik suvining taxminan 70 foizini şu usul orqali taminlaydi, ayrim şaharlarda bu körsatkiç 90 foizga yaqin.
Birlaşgan Arab Amirliklari ehtiyojining taxminan 42 foizini şu inşootlar orqali qoplaydi. Kuvaytda bu körsatkiç 90 foiz atrofida. Bahraynda taxminan 60 foizga boğliq, şahar hududlarida bu körsatkiç 95 foizgaça yetadi. Qatar 75-90 foiz oraliğida şu manbalarga tayanadi.Ömon esa ehtiyojining taxminan 86 foizini tuzdan tozalaş orqali qoplaydi.
Hududda 400 dan ortiq inşoot mavjud bölib, jahonda işlab çiqarilayotgan tuzdan tozalangan suvning taxminan 40 foizi aynan şu davlatlar hissasiga töğri keladi.