USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Lazgi–2026”: Xiva sahnasida 3-örin sohiblari aniqlandi

262 марта
“Lazgi–2026”: Xiva sahnasida 3-örin sohiblari aniqlandi

 Xorazmda ötkazilayotgan “Lazgi” III xalqaro raqs festivali doirasida xalqaro körik-tanlovning 3-örin ğoliblari tantanali ravişda taqdirlanmoqda.

 Ayni damda 3-örin sohiblarini taqdirlaş marosimida nufuzli hakamlar hayati azolari sahnaga taklif etildi. Ular orasida Möğuliston Milliy sanat va madaniyat universiteti huzuridagi Sanat va madaniy tadqiqotlar instituti direktori Erdenetsetseg Şinen, Qozoğiston Respublikasining “Qazina” xalq raqs ansambli badiiy rahbari va boş baletmeysteri Ajibekova Zaure hamda Vengriyadan taşrif buyurgan badiiy dasturlar direktori, xalqaro loyihalar menejeri Andrea Vintszel bor.

Ğoliblarga festivalning maxsus statuetkasi, diplom hamda 2 000 AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti topşirilmoqda.

Quyida 3-örin sohibi bölgan iştirokçilar:

“Eng yaxşi yakkaxon raqs ijroçisi” — Şohjaxon Berdibekov (Özbekiston)

 “Eng yaxşi raqs jamoasi” — “Krijaçok” raqs ansambli (Belarus)

 “Eng yaxşi sahnalaştirilgan raqs” — “Buxoro mavjlari” raqs ansambli (Özbekiston)

 “Lazgi–2026” festivali nafaqat raqs sanatining gözal namunalarini namoyon etmoqda, balki turli davlatlar madaniyatini bir sahnada birlaştirib, döstlik va ijodiy hamkorlik ruhini mustahkamlamoqda.








Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: