USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Lazgi–2026”: 1-örin sohiblari kimlar? Xalqaro sahnada eng kuçlilar aniqlandi

922 марта
“Lazgi–2026”: 1-örin sohiblari kimlar? Xalqaro sahnada eng kuçlilar aniqlandi

Xiva şahrida ötkazilayotgan “Lazgi” III xalqaro raqs festivalida 1-örin ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötmoqda.

Ayni damda 1-örin sohiblarini taqdirlaş uçun sahnaga Hakamlar hayati raisi, Boku xoreografiya akademiyasining xalqaro aloqalar böyiça prorektori, dotsent, Ozarbayjon Respublikasining xalq artisti Tarana Muradova hamda Özbekiston Respublikasi xoreografiyaga ixtisoslaştirilgan maktab-internati direktori, Özbekiston xalq artisti Ruşana Sultonova taklif etildi.

Malum qilinişiça, ğoliblarga maxsus statuetka, diplom va 5 000 AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti topşirilmoqda.

Hakamlar hayati qaroriga köra, bir qator nominatsiyalar böyiça eng munosib iştirokçilar aniqlandi:

“Eng yaxşi yakkaxon raqs ijroçisi” nominatsiyasida 2 nafar iştirokçi ğolib deb topildi:
— Karina Kalpakova (Rossiya Federatsiyasi, Boşqirdiston Respublikasi)
— Nodira Seidjanova (Özbekiston)

“Eng yaxşi raqs jamoasi” nominatsiyasida ham 2 nafar ğolib elon qilindi:
— Omsk davlat rus xalq ansambli (Rossiya Federatsiyasi)
— “Şattik” raqs ansambli (Qirğiziston)

 “Eng yaxşi sahnalaştirilgan raqs” nominatsiyasida esa Pekin raqs akademiyasi ansambli (Xitoy Xalq Respublikasi) ğoliblikni qölga kiritdi.

Festival doirasida turli davlatlardan kelgan istedodli raqqoslar öz mahoratini namoyon etmoqda. Uşbu nufuzli tadbir nafaqat raqs sanatini tarğib qiliş, balki xalqlar örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaşda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi barça ğoliblarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi ijodiy faoliyatida yangi zafarlar tiladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: