“Ixtiyoriy topşirilgan öqotar qurol egalari javobgarlikdan ozod qilinadi”
15-05-2025, 10:21
233 марта
“Ixtiyoriy topşirilgan öqotar qurol egalari javobgarlikdan ozod qilinadi”Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasiga köra tegişli ruxsatnomasiz öqotar qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalarini tayyorlaş, oliş, olib yuriş, saqlaş, olib ötiş yoki jönatiş harakatlarini sodir qilgan şaxslarga nisbatan (qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş) jinoiy javobgarlik belgilangan.
Takidlaş lozimki, Jinoyat kodeksining 248-moddasi 4-qismida öqotar qurol, öq-dorilarni, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalarini öz ixtiyori bilan topşirgan şaxslar javobgarlikdan ozod etilişi körsatilgan.
Şuningdek, 2022 yilning 31 may kuni “Qurol töğrisidagi” Qonun takomillaştirilişi hamda 2022 yil 2 sentyabr kunidan uşbu qonunning yangi tahriri kuçga kirişi munosabati bilan endilikda kalta stvolli pnevmatik, gazli, travmatik töpponçalar taqiqlanganligi, uzun stvolli pnevmatik qurollar muomalasi ov quroliga tenglaştirilgan.
Uşbu davrdan hozirgaça viloyatda istiqomat qiluvçi pnevmatik qurol egalari tomonidan uşbu qurollarni hujjatlaştirib oliş yoki bölmasa ixtiyoriy ravişda huquq-tartibot idoralariga topşiriş işlari amalga oşirilib kelinmoqda.
Biroq, ayrim fuqarolar özida mavjud bölgan hujjatsiz pnevmatik qurollarni hujjatlaştirmasdan yoki bölmasa huquq-tartibot idoralariga topşirmasdan özlarining yaşaş xonadonida noqonuniy ravişda saqlab kelişmoqda.
Bu esa, kelgusida mazkur qurollar yordamida turli xil jinoyatlar yoki köngilsiz xodisalarni yuzaga kelişiga zamin yaratişi mumkin.
Hurmatli fuqarolar agarda sizlarning yaşaş xonadoningizda ham heç qanday hujjatlarga ega bölmagan öqotar ov qurollari, öq-dorilar, pnevmatik qurollar saqlanib qolgan bölsa, ularni ixtiyoriy ravişda huquq-tartibotidoralariga topşirsangiz jinoiy va mamuriy javobgarlikdan ozod etilişingizni malum qilamiz.