Tabiatga zarar yetkazgan jazosiz qolmaydi: Gurlanda noqonuniy yer qaziş holati aniqlandi
18-06-2026, 06:23
51 марта
Tabiatga zarar yetkazgan jazosiz qolmaydi: Gurlanda noqonuniy yer qaziş holati aniqlandiXorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boş boşqarmasining Gurlan tuman bölimi tomonidan hududda ekologik qonunbuzilişlarning oldini oliş, tabiatni asraş va yer qari boyliklarini talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik maqsadida tizimli ravişda tungi reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Navbatdagi nazorat va kuzatuv tadbirlari davomida tumandagi “Mevazor” mahallasida qonunga zid harakat sodir etayotgan kimsa foş qilindi. Şu mahallada istiqomat qiluvçi fuqaro J.O. tomonidan heç qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy ravişda qum-şağal aralaşmasini qazib oliş holati aniqlandi. Tabiatga nisbatan bölgan bunday salbiy munosabat ekolog-inspektorlar tomonidan joyida töxtatib qolindi.
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzar fuqaro J.O.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismi (Er qarini muhofaza qiliş va undan foydalaniş talablarini buziş) asosida bayonnoma rasmiylaştirildi. Unga köra, fuqaroga nisbatan tegişli tartibda mamuriy jarima qöllanildi.