UrDU talabalari «Talaba — yugur» musobaqasida barça sovrinli örinlarni egalladi
13-09-2026, 12:41
146 марта
UrDU talabalari «Talaba — yugur» musobaqasida barça sovrinli örinlarni egalladiXiva şahridagi «Arda Xiva» majmuasida ötkazilgan «Talaba — yugur» ommaviy yuguriş musobaqasida Urganç davlat universiteti talabalari munosib natija qayd etdi.
Musobaqaning qizlar va öğil bolalar örtasidagi bahslarida UrDU talabalari barça sovrinli örinlarni qölga kiritdi.
Qizlar örtasida:
1-örin — Ismoilova Dilafruz, yengil atletika yönalişi 262-guruh talabasi;
2-örin — Şaripova Şahina, basketbol guruhi talabasi;
3-örin — Şuhratova Intizor, yengil atletika yönalişi 241-guruh talabasi.
Öğil bolalar örtasida esa:
1-örin — Yakubov Sarvar, yengil atletika yönalişi 241-guruh talabasi;
2-örin — Boyjonov Şaxzodbek, gandbol guruhi talabasi;
3-örin — Jumaboyev Siroj, gandbol yönalişi 261-guruh talabasi.
Şu tariqa, musobaqaning har ikki yönalişida ham birinçi, ikkinçi va uçinçi örinlarni Urganç davlat universiteti talabalari egalladi.
Bu natija universitetning sport faoliyati fakulteti talabalari örtasida sportga bölgan qiziqiş va tayyorgarlik darajasi yuqoriligini körsatadi.
Musobaqa Xiva şahrida bugun ötkazilayotgan «Silk Road Khiva», «Talaba — yugur», «Kids Run», «Nordic Walking» hamda «Inson uçun» xalqaro va ommaviy yuguriş tadbirlari doirasida taşkil etildi.
UrDU talabalari esa uşbu musobaqada töliq şohsupani egallab, özlarining jismoniy tayyorgarligi va sportdagi salohiyatini namoyiş etdi.







