USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmda pul evaziga odam töplaş va soxta obrö orqali yoşlarni zaharlaş: bu ortida nima turibdi?

879 марта
Xorazmda pul evaziga odam töplaş va soxta obrö orqali yoşlarni zaharlaş: bu ortida nima turibdi?

Sönggi paytlarda Xorazmda va umuman mamlakat miqyosida ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvli tarzda «ommalaşib» borayotgan ayrim blogerlar, trenerlar va «motivatorlar» faoliyati jamoatçilik etiborini tortmoqda. Bir qaraşda ularning çiqişlari, yiğilişlari yoki onlayn kontenti zararsizdek, hatto foydali tuyulişi mumkin. Ammo masalaning iç-içiga kirib borilsa, bu jarayon ortida jiddiy savollar paydo böladi.

Asosiy muammo şundaki, ayrim şaxslar odamlarni pul evaziga obuna (podpiska) qiliş, yiğilişlarga jalb etiş yoki suniy tarzda «obru» yaratiş orqali auditoriya töplamoqda. Bu esa tabiiy ravişda savol tuğdiradi: pul evaziga töplangan auditoriya nimani anglatadi?

Mutaxassislar fikriça, pul tikib yiğilgan obunaçi — bu işonç emas, balki vaqtinçalik manfaatga qurilgan aloqa. Bunday auditoriya oldida masuliyat ham, axloqiy çeklov ham deyarli sezilmaydi. Çunki asosiy maqsad — odam sonini köpaytiriş va uni reklama bozorida «qimmat» qilib körsatiş.

Ikkinçi jiddiy masala — kontentning yönalişi. Bugun pul evaziga obuna bölgan inson, ertaga şu bloger orqali şubhali reklama, axloqqa töğri kelmaydigan tarğibot yoki yoşlar ongiga salbiy tasir qiluvçi ğoyalarga duç kelişi mumkin. Savol tuğiladi: siz bunga tayyormisiz? Sizning işonçingiz va etiboringiz haqiqatan ham 100–200 ming sömga arziydimi?

Ijtimoiy tarmoqlar, xususan Instagram va Telegram orqali tarqatilayotgan bunday kontent ayniqsa yoşlar uçun xavfli. Çunki ular hali tanqidiy fikrlaşni töliq şakllantirmagan, «omma bor joyda haqiqat bor» degan qaraşga tez işonadi.

Psixologlar va sotsiologlar takidlaşiça, soxta obrö — bu eng xavfli illyuziya. U insonni haqiqatdan uzoqlaştiradi, yoşlarda tez boyiş, maşhur bölişni yagona maqsad qilib qöyadi. Natijada ilm, mehnat, halol yöl orqali yutuqqa erişiş ikkinçi öringa suriladi.

Jamiyat uçun eng xavotirli jihat şundaki, bu jarayon oddiy reklama bilan çeklanib qolmaydi. U dunyoqaraşni özgartiradi, qadriyatlarni yemirişi mumkin. Şu bois har bir foydalanuvçi, ayniqsa yoşlar, öz-öziga savol berişi kerak: men kimga işonayotganimni, nima uçun obuna bölayotganimni va bu kontent menga nima berişi mumkinligini tuşunayapmanmi?

Xulosa örnida aytiş mumkin: pul evaziga yiğilgan odamlar soni — obrö mezoni emas. Asosiy mezon — mazmun, masuliyat va jamiyat oldidagi vijdon. Aks holda, bugun «zararsizdek» köringan kontent ertaga butun bir avlod ongini zaharlaşi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: