Eronga qisqa vaqt içida AQŞni tark etiş topşirildi – Ğalenoyi
Eron milliy terma jamoasiga Los-Anjelesni tark etiş uçun bir neça soatgina vaqt berildi. Bu haqda terma jamoa boş murabbiyi Amir Ğalenoyi Belgiyaga qarşi öyindan keyin matbuot anjumani söz oçdi.
“Biz ketişimiz kerak. Futbolçilar tiklanişi uçun vaqtga muhtoj”, deydi murabbiy matbuot anjumanida.
Ğalenoyining aytişiça, viza bilan boğliq çeklovlar sababli jamoa öyinlarga tayyorgarlik köriş uçun juda kam vaqtga ega bölmoqda. Uning sözlariga köra, Belgiyaga qarşi bahs oldidan ham terma jamoada tayyorgarlik uçun atigi 16 soat vaqt bölgan, şuningdek, futbolçilar yana bir qisqa aviaparvozni amalga oşirişga majbur bölgan.
“Menimça, heç kim bunday şaroitga doş berib, maydonda şunday öyin körsata olmasdi”, deydi Eron terma jamoasi ustozi.
Ğalenoyi jamoasi oğir logistik şaroitlarga qaramay, har bir öyinda bor kuçini işga solayotganini takidladi.
Xabarlarga köra, Belgiyaga qarşi bahs tugaganidan köp ötmay Eron terma jamoasi avtobusi stadionni tark etgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan biri futbolçilar politsiya kuzatuvida töğridan-töğri aeroportga yöl olganini malum qilgan.
Malumot uçun, Eron terma jamoasi hozirda “G” guruhida 2 oçko jamğargan holda 2-poğonani egallab turibdi.