Misr Argentinaga qarşi öyin böyiça FIFA’ga rasmiy şikoyat qildi
Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA) Jahon çempionati 1/8 final bosqiçida Argentinaga qarşi uçraşuvni boşqargan frantsiyalik hakam Fransua Letekse ustidan FIFA’ga rasmiy şikoyat yölladi. Bu haqda EFA prezidenti Hani Abu Rida “Voices of Emirates” portaliga malum qildi.
Avvalroq, Misr terma jamoasi 1/8 finalda Argentinaga 2:3 hisobida mağlub bölgan edi. Misrliklar uçraşuvning 79-daqiqasiga qadar ikki töp farqi bilan oldinda borayotgandi. Öyindan söng jamoa boş murabbiyi Hussam Hasan FIFA’ni mağlubiyatda ayblab, bahsni “soxtalaştirilgan öyin” deb atagan edi.
Hani Abu Ridaning takidlaşiça, Fransua Letekse uçraşuv davomida qator jiddiy xatolarga yöl qöygan va “ikki xil standart” qöllagan.
Uning fikriça, aynan şu qarorlar Misrning musobaqani tark etişiga sabab bölgan.
EFA rahbari nafaqat boş hakam, balki videoyordamçi hakamlar (VAR) guruhi faoliyati yuzasidan ham tekşiruv ötkazişni talab qildi.
Assotsiatsiya fikriça, hakamlar jamoasi qöpol xatolarga yöl qöygan, bahsli vaziyatlarni körib çiqişdan muntazam ravişda boş tortgan. Xususan, hisobga olinmagan gol va belgilanmagan penalti böyiça qarorlar etirozlarga sabab bölgan.
Hani Abu Rida Fransua Letekse va uning hakamlar brigadasini Jahon çempionatidagi keyingi öyinlardan çetlatişni talab qildi. Uning sözlariga köra, hakamlar çiqargan qarorlar Misr milliy terma jamoasiga nisbatan “kamsitiş” sifatida baholanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Argentina çorak finalda Şveytsariyaga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu uçraşuv joriy yilning 12 iyul kuni bölib ötadi.