Sobolenko va Jokoviç juftligi omadsizlikka uçradi
Keça, 25 avgust kuni dunyoning birinçi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko va serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç “Katta dubulğa” turnirlarining mavsumdagi sönggi musobaqasi – “US Open”ning aralaş juftlik bahslarida birinçi bosqiçdayoq mağlub böldi.
Turnirda birinçi raqam ostida saralangan Sobolenko va Jokoviç çexiyalik Katerina Sinyakova hamda britaniyalik Henri Patten juftligiga 4/1, 2/4 (2/10) hisobida imkoniyatni boy bergan.
Keyingi bosqiçda Sinyakova va Patten ukrainalik Elina Svitolina hamda frantsiyalik Gael Monfis juftligiga qarşi bahs olib boradi.
Malumot uçun, 2026 yilgi “US Open” turnirining umumiy mukofot jamğarmasi 108 million dollarni taşkil etadi.
Erkaklar va ayollar örtasidagi yakkalik bahslarida ğoliblar 5,5 million dollardan, finalçilar esa 2,8 million dollardan mukofot oladi. Juftlik va aralaş juftlik bahslarida ğoliblarga 1 million dollardan, finalçilarga esa 500 ming dollardan beriladi.
“US Open” mavsumning sönggi “Katta dubulğa” turniri hisoblanadi. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda ötkaziladi va joriy yilning 13 sentyabrga qadar davom etadi.