“Qayrat”ning Konferentsiyalar ligasidagi raqiblari aniq böldi
Keça, 28 avgust kuni Monakoda Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqiçiga qura taşlaş marosimi bölib ötdi. Unda Olmaotaning “Qayrat” jamoasi ham asosiy bosqiçdagi raqiblarini bilib oldi.
Quraga köra, Rafael Urazbaxtin boşçiligidagi jamoa musobaqaning umumiy bosqiçida Gretsiyaning “Panatinaikos”, Italiyaning “Atalanta”, Ruminiyaning “Universitatya Krayova”, Niderlandiyaning “Tvente”, Şvetsiyaning “Mellbyu” hamda Latviyaning “Riga” jamoalariga qarşi maydonga tuşadi.
Qozoğiston klubi oltita turli mamlakat vakillariga qarşi bahs olib boradi. Raqiblar orasida Italiya A seriyasining taniqli jamoalaridan biri bölgan Bergamoning “Atalanta” klubi alohida etiborga loyiq.
Şuningdek, Gretsiyaning “Panatinaikos” klubi ham “Qayrat” uçun jiddiy raqiblardan biri böladi.
Malumot uçun, Konferentsiyalar ligasining umumiy bosqiçida jami 36 ta klub iştirok etadi. Avvalgi guruh bosqiçidan farqli ölaroq, jamoalar ananaviy guruhlarga bölinmaydi.
Har bir iştirokçi umumiy bosqiçda oltita uçraşuv ötkazadi. Ularning uçtasi öz maydonida, yana uçtasi esa safarda bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, ötgan mavsum Qozoğistonning “Qayrat” jamoasi öz tarixida ilk bor ötgan mavsum Çempionlar ligasida iştirok etgandi.