Jokoviç köz yoşlari bilan “US Open”dagi iştirokini birinçi davradayoq yakunladi
Keça, 31 avgust kuni Novak Jokoviç “US Open” turniridagi iştirokini birinçi davradayoq yakunladi. Serbiyalik tennisçi dunyoning 49-raketkasi, argentinalik Mariano Navonega mağlub böldi.
4 soat 36 daqiqa davom etgan bahs beş setda yakunlandi. Dunyoning beşinçi raketkasi Jokoviç Navonega 6/7 (5/7), 7/5, 6/4, 2/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu Jokoviçning “US Open” turniridagi birinçi davradagi ilk mağlubiyati böldi. Uning “Katta dubulğa” turniridagi birinçi davradagi sönggi mağlubiyati 2006 yilda Avstraliya oçiq çempionatida qayd etilgan. Öşa paytda serbiyalik tennisçi ATP reytingida 76-örinda edi.
Malumot uçun, 39 yoşli Jokoviç hozirda ATP reytingida beşinçi örinni egallab turibdi. Uning hisobida rekord darajadagi 24 ta “Katta dubulğa” unvoni bor. Mazkur mağlubiyatdan söng serbiyalik tennisçi 2018 yildan beri ilk bor dunyo reytingidagi kuçli önlikdan çiqib ketadi.
Uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida Jokoviç kortdagi deyarli har bir lahza unga oğir keçganini tan oldi. Bahs davomida u tibbiy tanaffus oldi. Beşinçi setda mağlub bölganidan söng esa tennisçi köz yoşlarini tiya olmadi.
“Kortdagi his-tuyğular juda dahşatli edi. Afsuski, bu mavsumda deyarli har bir öyinda şu holat meni taqib qilmoqda. Qusiş jiddiy muammoga aylandi. Keyin esa butun tanam işdan çiqqandek böldi: tirişişlar, oğriq. Oxir-oqibat belim, keyin yelkamda ham muammolar paydo böldi va öyinni ğalaba bilan yakunlay olmadim”, deydi Jokoviç.
Eslatib ötamiz, bu yilgi AQŞ oçiq çempionatida özbekistonlik tennisçilar – Mariya Timofeyeva va Kamilla Raximova musobaqadagi ilk davrasini ğalaba bilan boşlagandi. Musobaqa joriy yilning 13 sentyabrga qadar davom etadi.