Şahzoda futbol sabab qirollik taxtidan voz keçdi
Ugandaning Toro qirolligida yangi qirolni tanlaş jarayoni kutilmagan vaziyat tufayli inqirozga yuz tutdi. Qirol Oyo Nimba Kabamba Igura Rukidi IV ning vorisi etib saylangan Jorj Desmond Kamurasi futbol sabab taxtdan voz keçdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Manbaga köra, Kamurasi qirollik taxtini qabul qilmasligini va futbolçilik faoliyatini davom ettirişni xohlaşini malum qilgan. 36 yoşli Kamurasi Angliyaning töqqizinçi divizionida iştirok etadigan Londonning “Se Dons” klubi sardori va darvozaboni hisoblanadi.
U 21 nafar azodan iborat qirollik vorisligi qömitasining asosiy nomzodi edi. Ovoz berişda iştirok etgan 18 azoning 15 nafari uning nomzodini qöllab-quvvatlagan. Biroq Kamurasi boşqa majburiyatlari borligini bildirib, taxtni qabul qilişdan boş tortgan.
Uganda ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, Kamurasining Londonda oilasi bor. Şuningdek, u öz jamoasining öyini sababli qirol Oyoning dafn marosimida ham iştirok etişni istamagan.
Malumot uçun, Toro qirolligi – Afrikaning şarqida, hozirgi Uganda hududining ğarbiy qismida joylaşgan ananaviy qirollik bölib, uning markazi Fort-Portal şahri hisoblanadi. Uşbu qirollikka 1830 yilda Bunoro-Kitara qirolligidan ajralib çiqqan şahzoda Kabiyo Kabigeni tomonidan asos solingan. Qirollikning asosiy aholisini rutoro tilida sözlaşuvçi batoro xalqi taşkil etadi, uning oliy hukmdori esa ananaga köra Omukama deb ataladi. XIX asr oxirida Britaniya protektorati tarkibiga kiritilgan Toro öz muxtoriyatini saqlab qolgan bölsa-da, 1967 yilda Uganda prezidenti Milton Obote tomonidan mamlakatdagi boşqa ananaviy monarxiyalar singari bekor qilingan. 1993 yilda Uganda hukumati tomonidan qirollik maqomi qayta tiklangan va bugungi kunda u siyosiy hokimiyatga ega bölmasa-da, öz xalqining tarixiy, madaniy va manaviy merosini saqlab keluvçi ramziy muassasa sifatida faoliyat yuritadi.