Turkiyalik 25 yoşli futbolçi vafot etdi
Turkiyaning “Bandirmaspor” jamoasi himoyaçisi Tolga Kalender 25 yoşida vafot etdi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) xabar berdi.
Ölimning rasmiy sababi hozirça malum qilinmagan. Mahalliy OAV xabarlariga köra, futbolçi soğliği bilan boğliq muammolar tufayli malum vaqt davomida şifoxonada davolangan.
Malumot uçun, Kalender faoliyati davomida Turkiya çempionatining yuqori divizionida “Adana Demirspor” safida ham töp surgan. Şuningdek, u “Bayrampaşa” va “Diyarbakirspor” jamoalarida, “Istanbul Başakşexir” klubining yoşlar tarkibida ham öynagan.
Tolga Kalender professional faoliyati davomida jami 132 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Portugaliyaning “Real Massama” klubi yarim himoyaçisi Kevin Kastro örtoqlik uçraşuvi vaqtida maydonda huşidan ketib, vafot etgandi.