“Real” Çempionlar ligasi pley-off bosqiçiga yöllanma olgan ilk jamoa böldi
Keça, 24 noyabr kuni bölib ötgan Çempionlar ligasi uçraşuvlaridan söng pley-off bosqiçining ilk iştirokçisi aniqlandi. “Real Madrid” 2026-2027 yilgi mavsumda musobaqaning pley-off bosqiçiga yöllanmani qölga kiritgan birinçi klub böldi.
Bu Joze Mourino boşçiligidagi jamoa umumiy bosqiçning 5-turida Niderlandiyaning PSV klubini 5:1 hisobida mağlub etganidan söng malum böldi.
Madrid klubi hisobida 15 oçko mavjud. Qolgan uçta uçraşuvda mağlub bölgan taqdirda ham jamoa turnir jadvalida 23-örindan pastga tuşmaydi. Şu tariqa “Real Madrid” kuçli 24 talikdan joy olişini matematik jihatdan kafolatladi.
Musobaqa reglamentiga köra, umumiy bosqiç yakunida eng yaxşi 8 ta jamoa töğridan töğri nimçorak finalga yöl oladi. 9-24-örinlarni egallagan klublar esa nimçorak finalning qolgan 8 ta yöllanmasi uçun pley-off bosqiçida kuraş olib boradi.
Şu tariqa, “Real Madrid” Çempionlar ligasining ketma-ket 30-mavsumida pley-off bosqiçiga çiqişni kafolatladi. “Qirollik klubi” 1996-1997 yilgi mavsumda Çempionlar ligasida iştirok etmagan edi.