USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi “podezd”lar har hafta tozalanadi

203 марта

Endi “podezd”lar har hafta tozalanadi

Özbekistonda köp kvartirali uylarning kiriş yölaklari va zinapoyalari haftada 1 marta tozalanişi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi keça, 29 aprel kuni davlat röyxatidan ötkazgan Köp kvartirali uylarni saqlaş va ulardan foydalaniş qoidalarida söz boradi. 
​


Unga köra, köp kvartirali uylar uçun boşqariş organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritilişi belgilandi. Boşqariş organlari esa yuk kötaruvçi konstruktsiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanişi, xomaşyo, materiallar, yoqilği, inventar va xöjalik anjomlarini sotib oliş işlarini amalga oşiradi.
Şu bilan birga, köp kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalaniş hududlarida mulkdorlar umumiy yiğilişining qarori bilan memorçilik detallari, reklamalar, afişalar va elonlarni örnatişi mumkin böladi. Uylarda şovqin darajasi belgilangan sanitariya meyorlaridan oşmasligi şart deb belgilandi. 

Uylar (zinapoyalar, liftlar, çiqindi kamerasi, çiqindilarni töplaş moslamalari yertölalari va boşqalar) tutaş hududlar zaruratga köra, boşqariş organi tomonidan deratizatsiyalanişi, dezinsektsiya va dezinfektsiyalanadi. Uylarning yertöla qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelişi natijasida suv yoki oqova suv töplanib qolsa boşqariş organi 24 soat mobaynida yertöladagi suv va oqova massalarini çiqarib yuborişi lozim böladi.

Yangi qoidada takidlanişiça, endi haftada 1 marta köp kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.

Bundan taşqari, qoidalarga köra, köp kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlanadi:
Yonğin xavfini keltirib çiqaruvçi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga örnatiş;
Balkonlarda oğir buyumlarni saqlaş;
Balkonlar va lodjiyalarning fasad (taşqi) qismlarida kir, kiyim-keçak, gilam va boşqalarni osib qöyiş (içki qismi bundan mustasno);
Uy hayvonlarini umumiy foydalanişdagi joylarda, zinapoyalarda, çerdaklarda, yertölalarda, şuningdek umumiy foydalanişdagi oşxonalarda, balkonlarda va lodjiyalarda saqlaş;
Kiriş yölaklarining zinapoya maydonlarida va zinapoyalarning ostida yonuvçi materiallarni saqlaş;
Umumiy issiqlik parametrlariga tasir körsatuvçi qayta rejalaştiriş (rekonstruktsiya) işlarini amalga oşiriş, qöşimça isitiş yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini örnatiş, şuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvçi issiqlik tizimlariga özgartiriş kiritiş.

Şuningdek, avtotransport vositalarini köp kvartirali uylar va unga tutaş yer uçastkalaridagi gazonlar usti, xiyobonlar, bolalar maydonçalari, trotuarlarga, kiriş yölaklari qarşisiga qöyiş taqiqlanişi qoidada belgilandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: