Rossiya-Ukraina uruşiga yollanganlar içida eng köp özbekistonliklar halok bölmoqda
1-05-2026, 12:37
241 марта

Rossiya-Ukraina uruşiga yollanganlar içida eng köp özbekistonliklar halok bölmoqda
Rossiya-Ukraina uruşida Rossiya armiyasiga jalb qilinyotgan xorijliklar orasida eng köp özbekistonliklar halok bölmoqda. Bu haqda “Truth Hounds” hamda bir qator inson huquqlari taşkilotlari tomonidan tayyorlangan hisobotda söz boradi.Tadqiqotga köra, Rossiya 2022 yildan buyon kamida 130 dan ortiq davlatdan ön minglab xorijliklarni armiya safiga jalb qilgan. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari, jumladan özbekistonliklar ham katta uluşni taşkil etadi.
Eng taşvişli jihatlardan biri bu qurbonlar statistikasidir. Oçiq manbalar va tahlillarga tayanib, kamida 481 nafar özbekistonlik Rossiya armiyasi safida halok bölgani qayd etilgan. Bu körsatkiç xorijliklar orasida eng yuqorisi hisoblanadi. Keyingi örinlarda Tojikiston, Qozoğiston va Qirğiziston fuqarolari qayd etilgan.
Hisobotda Rossiya tomonidan qöllanilayotgan rekruting mexanizmlariga alohida etibor qaratilgan. Unga köra, rekruterlar asosan ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoyasiz qatlam – migrantlarni nişonga olgan. 2022 yildan buyon Rossiya hududida migrantlar yaşaydigan joylar, iş joylari va hatto masjidlarda reydlar soni keskin oşgan. Köp hollarda harbiy kontrakt imzolaş deportatsiya yoki jinoiy taqibdan “qutuliş yöli” sifatida taqdim etilgan. Şu bilan birga, tadqiqotda hujjatlarni tortib oliş, soxta jinoiy ayblovlar qöyiş, kaltaklaş va turli bosim ötkaziş holatlari qayd etilgan. Ayrim holatlarda bu harakatlar inson huquqlarining jiddiy buzilişi, hatto qiynoq bilan ham amalga oşirilgan.
Köplab xorijliklar Rossiyaga fuqarolik işi, armiyada jangovar bölmagan lavozim yoki Yevropa mamlakatlariga çiqiş imkoniyati kabi vadalar bilan jalb qilingan. Biroq amalda ular rus tilini bilmasdan turib şartnomalar imzolaşga majburlangan va qisqa tayyorgarlikdan söng eng xavfli front hududlariga yuborilgan. Hisobotda takidlanişiça, köplab xorijlik jangçilar yöqotişlar juda yuqori bölgan “şturm”larda iştirok ettirilgan.
Tadqiqot mualliflari bu jarayonlarni oddiy harbiy rekruting deb baholamagan. Ularga köra, ayrim holatlarda mazkur amaliyot aldaş, majburlaş va ekspluatatsiya orqali amalga oşirilgani sababli odam savdosi belgilariga mos keladi. Şu nuqtai nazardan, Rossiyaning uşbu siyosati xalqaro huquq doirasida jiddiy savollarni keltirib çiqaradi.
Umuman olganda, hisobot natijalari Rossiya armiyasida xorijliklarni jalb qiliş tizimi tasodifiy emas, balki tizimli va keng qamrovli ekanini körsatgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyodan çiqqan migrantlar, jumladan özbekistonliklar bu jarayonda eng zaif va eng köp jabr körayotgan qatlamlardan biriga aylangani takidlangan. Mutaxassislar fikriça, bunday holatlar nafaqat inson huquqlari, balki mintaqaviy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham jiddiy etibor talab qiladi.