Rossiyada özbekistonlik migrant 7-qavatdan yiqilib halok böldi
13-05-2026, 17:08
388 марта

Rossiyada özbekistonlik migrant 7-qavatdan yiqilib halok böldi
Joriy yilning 8 may kuni Özbekiston fuqarosi Rossiyaning Ulan-Ude şahridagi quriliş ketayotgan köp qavatli uy binosining 7-qavatidan yiqilib halok böldi. Yana bir fuqaro esa, oğir jarohat oldi. Bu haqda Özbekistonning Novosibirskdagi Boş konsulligi xabar qildi.
Malumotlarga köra, hodisa minorali kran operatorining ehtiyotsizligi oqibatida yuz bergan. U iş jarayonida quriliş konstruktsiyalariga behosdan zarar yetkazgan. Voqea vaqtida ikki nafar Özbekiston fuqarosi himoya kamarlarisiz quriliş konstruktsiyasida işlayotgan bölgan. Oqibatda jabrlanganlardan biri oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan, ikkinçi fuqaro esa, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 217-moddasi 2-qismi (ehtiyotsizlik oqibatida odam ölimiga sabab bölgan holat) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda marhumning jasadini Özbekistonga qaytariş işlari olib borilmoqda.