USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bizda Sovet Ittifoqi davrida juda katta yadro maktabi bölgan – Şavkat Mirziyoyev

151 марта

Bizda Sovet Ittifoqi davrida juda katta yadro maktabi bölgan – Şavkat Mirziyoyev

Özbekistonda Sovet Ittifoqi davrida juda katta yadro maktabi bölgan, biroq u unutib yuborilgan edi. Bu haqda keça, 5 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yiğilişida söz oçdi.
“Rossiya va Özbekiston tarixida ilk bor ikkita kiçik va ikkita katta atom reaktori quriladi. Bu atom elektr stantsiyasining noyob, yangi modelidir. Albatta, bu haqda gapirişdan oldin men Vladimir Vladimiroviç bilan köp yillar davomida bu masalani muhokama qilganmiz. Birinçi navbatda nima qildik? Men MIFI (Moskva muhandislik-fizika instituti) filialini oçişni söradim. Biror narsa deyiş uçun kadrlar bilan aniq tayyorgarlik köriş kerak. Çunki, albatta, bizda Sovet Ittifoqi davrida juda katta yadro maktabi, tinç yadro maktabi bölgan, fan bölgan. Afsuski, men buni afsus bilan aytaman, çunki bularning barçasi, yumşoq qilib aytganda, unutib yuborilgan edi va biz bularning barçasini qaytadan tikladik”, deydi Özbekiston Prezidenti.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Moskva muhandislik-fizika institutining Özbekistondagi filialida 300 nafar talaba tahsil olayotgani va allaqaçon 150 nafar bitiruvçi öqişni tamomlaganini ham malum qilgan.
“Va biz filialni oçganimizda, butun salohiyatni oçdik, fanni yaratdik. Bugungi kunda uşbu filialda 300 nafar talaba tahsil olmoqda va allaqaçon 150 nafar bitiruvçi öqişni tamomladi. Biz filial bilan emas, balki MIFIning Moskvadagi oliy öquv yurti bilan kelişib oldik, u yerda Özbekistondan 400 nafar talaba öqiydi. Biz bunga juda jiddiy etibor qaratmoqdamiz, yani ilmiy baza allaqaçon mavjud”, deydi Özbekiston yetakçisi. 
Malumot uçun, tomonlar Özbekistonda atom quvvatini yaratiş böyiça hukumatlararo bitimni 2018 yilda imzolagan. Unda har birining quvvati 1,2 gigavatt bölgan ikkita energoblok quriş közda tutilgan. 2025 yilda tomonlar har biri 55 megavatt quvvatga ega bölgan oltita kiçik blok qurişga kelişib olgan, biroq keyinroq loyihani özgartirişga qaror qilindi va 2026 yilning martida şartnomaga tuzatiş kiritildi.

Yangi kelişuvga köra, “Rosatom” Özbekistonda Rossiyaning VVER-1000 reaktorlari asosida ikkita yirik quvvatli energoblok va RITM-200 reaktorlari asosida har biri 55 megavatt quvvatga ega bölgan ikkita kiçik atom bloklarini quradi. Uşbu stantsiya Rossiya tomonidan xorijda qurilgan birinçi kiçik quvvatli AES bölişi mumkin.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: