USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonga kelayotgan yölovçining sumkasidan böğma ilon çiqdi

287 марта
Ўзбекистонга келаётган йўловчининг сумкасидан бўғма илон чиқди

“Navoiy” çegara bojxona postida yölbarssimon böğma ilonni mamlakat hududiga olib kirişga uriniş holati foş etildi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.

Malum qilinişiça, mazkur tur xalqaro muhofaza ostida bölib, uni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş uçun xalqaro CITES ruxsatnomasi talab etiladi. Biroq, yölovçi tegişli ruxsat etuvçi hujjatlarni taqdim eta olmagan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilişiça, jonivor tegişli tartibda Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan bölib, hozirda uning holati qoniqarli.

Malumot uçun, yölbarssimon böğma ilon – yirik ölçamdagi, zaharsiz böğma ilonlar turiga kiradi. U öz öljasini zaharlaş orqali emas, balki kuçli tanasi bilan örab siqib, nafas olişini töxtatiş yöli bilan ovlaydi.

U asosan Markaziy va Janubiy Amerikaning tropik örmonlari, butazor va savanna hududlarida yaşaydi. Uzunligi odatda 2–4 metrga yetadi, ayrim yirik namunalari esa 5 metrgaça ösişi mumkin. Tanasidagi jigarrang, qora va sarğiş rangdagi murakkab naqşlar yölbars terisiga öxşab ketgani sababli unga “yölbarssimon” nomi berilgan.

Bu ilon kemiruvçilar, quşlar, kaltakesaklar va kiçik sutemizuvçilar bilan oziqlanadi. Odatda odamga hujum qilmaydi va zaharli hisoblanmaydi, biroq kuçli muşaklari va katta hajmi sababli ehtiyotsizlik bilan muomala qiliş xavfli bölişi mumkin.

Yölbarssimon böğma ilon tuxum qöymaydi, balki tirik bola tuğadi. Bir marta tuğiş jarayonida önlab bolalari dunyoga kelişi mumkin. Dunyoning ayrim hududlarida u ekzotik uy hayvoni sifatida ham parvariş qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida fuqarolar noqonuniy ravişda ilon saqlab kelayotgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: