Uruş tugadi. Biroq Isroil töxtamoqçi emas
Nihoyat, uç oydan ortiq davom etgan AQŞ-Isroil va Eron uruşi yakunlandi. Rasmiy ravişda AQŞ va Eron örtasida tinçlik kelişuviga erişildi. Uşbu kelişuv köprigini avvalgidek Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif qurdi. Şu paytgaça Pokiston vositaçiligida AQŞ va Eron örtasida sulhga erişiş uçun kamida 4 ta diplomatik uriniş bölgan. Biroq, tomonlar 19 iyun kuni Şveytsariyaning Jeneva şahrida bölib ötadigan kelişuvni intiqlik bilan kutmoqda. Xususan, AQŞ prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Eron bilan kelişuv yakunlanganini elon qilib, barçani tabriklagan. Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Arroqçi esa, AQŞ va Eron örtasidagi kelişuv raqamli tarzda va masofadan turib imzolanişini malum qilgan. Tinçlik kelişuvi, hatto Eron davlat televideniyesi tomonidan elon qilindi. Yaqin Şarqdagi hujumlarning yana bir asosiy iştirokçisi bölgan Isroil yana kelişuvdan norozi körinmoqda. Bir neça bor aytilgan “Tinçlik kelişuvi” rasman qoğozga çiqayotgan bir paytda Isroil Bayrutga zarba berdi. Tramp bu hujumlarni keskin qoralab, Netanyaxuga qattiq tanbeh berdi. Tomonlar va vositaçilar kelişuvga erişilganini beş martadan ortiq davo qilayotgan bir paytda, Isroilning Livanga hujumlari yana avvalgi stsenariyni eslatmoqda. Xöş, bu safar tinçlik haqiqatan ham örnatiladimi yoki navbatdagi sulh ham qoğozda qolib ketadimi?
Uruş tugadi: AQŞ va Eron kelişib oldi
Pokiston yana AQŞ va Eronni yaraştirib qöymoqçi körinadi. 11 aprel kuni bölib ötgan 21 soatlik Islomobod muzokaralaridan “töğri xulosa” çiqargan Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif AQŞ va Eron örtasida tinçlik kelişuviga erişilganini rasman elon qildi. Uning sözlariga köra, tomonlar barça yönalişlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni zudlik bilan va yakuniy töxtatişga kelişib olgan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham “Truth Social” ijtimoiy tarmoğida Eron bilan kelişuv yakunlanganini elon qilgan.
“Barçani tabriklayman! Men Hormuz böğozini boj va çeklovlarsiz oçişga hamda AQŞ harbiy-dengiz kuçlari tomonidan örnatilgan dengiz blokadasini darhol bekor qilişga ruxsat berdim. Dunyo kemalari, dvigatellaringizni işga tuşiring. Neft oqimi davom etsin”, deya yozgan Tramp.
Keyinçalik u jurnalistlarga Hormuz böğozi Eron bilan kelişuv rasmiy imzolanganidan keyin oçilişini malum qilgan.
Eron Taşqi işlar vaziri örinbosari Kozim Ğaribobodiy ham davlat televideniyesiga bergan intervyusida AQŞ bilan kelişuv matni yakunlanganini va u 19 iyun kuni Şveytsariyada imzolanişini tasdiqlagan.
Uning takidlaşiça, kelişuvdan söng 60 kun davomida yakuniy tinçlik şartnomasini işlab çiqiş böyiça muzokaralar olib boriladi. Şu davrda Eron memorandum şartlari bajarilişini qatiy nazorat qilib boradi.
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Jenevadagi imzolaş marosimida qatnaşişni rejalaştirayotganini, biroq u yerga Prezidentning özi ham borişi mumkinligini aytgan. Eron davlat televideniyesi ham AQŞ-Eron tinçlik kelişuvini elon qildi.
Isroil kelişuvdan norozi
14 iyun kuni Isroil harbiy-havo kuçlari Bayrutdagi “Hizbulloh” nazorati ostidagi hududlarga yana aviazarbalar berdi. Livan milliy axborot agentligining malumotlariga köra, hujum oqibatida 3 kişi halok bölgan, yana 15 kişi jarohatlangan. Hujumdan söng Eron parlamenti spikeri va muzokaralar guruhi rahbari Muhammad Boqir Ğolibof AQŞni tanqid qilib, agar Isroilning hujumlari davom etsa, muzokaralar jarayoni töxtab qolişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Biroq, Tel-Aviv bu hujumlarni “Hizbulloh” kuçlari tomonidan amalga oşirilgan raketa hujumlariga javob sifatida izohladi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot çoğida uning Bayrutga bergan zarbasidan keskin noroziligini bildirganini malum qildi.
Trampning sözlariga köra, Isroil Livan poytaxtiga hujumni AQŞ va Eron örtasida uruşni yakunlaşga qaratilgan memorandum imzolanişi kutilgan paytda amalga oşirgan. Şu sabab u Netanyaxu bilan suhbatda: “Nima qilayotganingni öylayapsanmi?” deya keskin tanbeh bergan.
AQŞ Prezidenti Netanyahu harakatidan ğazablanganini bildirib, uning “töğri qaror çiqariş qobiliyati yöqligini” aytgan. Tramp, şuningdek, Isroil tomonini “Hizbulloh”ga qarşi yangi hujumlarni amalga oşirmaslikka çaqirgan.
Uning takidlaşiça, AQŞ va Eron örtasidagi kelişuv öşa kuni imzolanişi kerak bölgan, biroq Isroilning Bayrutga bergan zarbasi bu jarayonni keçiktirgan.
Trampning bu ogohlantirişiga javoban Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatning Livandagi harbiy operatsiyasi davom etişini malum qildi. Isroil OAVlarining xabar berişiça, Isroil öz qöşinlarini Livandan olib çiqmaydi va özini Eron kelişuvidagi Livan bandiga boğliq deb hisoblamaydi. Isroil milliy xavfsizlik vazirining takidlaşiça, AQŞ-Eron kelişuvi Isroilga taalluqli emas, Isroil esa AQŞga böysunmaydi.
“Trampning kelişuvi bizni majburlamaydi. Isroil AQŞga böysunmaydi va biz mustaqil hamda suveren davlatmiz! Yana bir bor takidlaymiz: biz AQŞni sevamiz va Prezident Trampdan minnatdormiz. Şunga qaramay, Isroil davlati banan (taşqi kuçlarga juda boğliq) Respublikasi emas”, – dedi Isroil Milliy xavfsizlik vaziri.
Tinçlik kelişuviga bölgan dunyo munosabati
Dunyo yetakçilari bu xabarni olqişladilar. Xususan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida AQŞ va Eron örtasidagi kelişuvni mintaqada tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş yölidagi muhim qadam sifatida baholagan.
“Butun dunyo uzoq vaqtdan beri intizorlik bilan kutgan uşbu xabar mintaqamizda doimiy tinçlik va xavfsizlik muhitini qaror toptirişga yöl oçadi, deb çin dildan umid qilaman,” – deb yozdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan X tarmoğida.
“Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş AQŞ va Eronni tinçlik bitimi” deb atagan hujjatga erişganlari bilan tabrikladi va bu uruşayotgan davlatlar uçun “doimiy öt oçişni töxtatiş” rejimini anglatişini aytdi.
“Bu mojaroni tinç yöl bilan hal etiş sari qöyilgan muhim qadamdir”, – dedi u.
Qatar Taşqi işlar vazirligi yakşanba kuni uşbu kelişuvni “barqaror tinçlikni mustahkamlaş va iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş yölidagi muhim qadam” sifatida baholadi. Vazirlik, şuningdek, bu jarayon Yaqin Şarqda taranglikni kamaytiriş va tomonlar pozitsiyalarini bir-biriga yaqinlaştirişga xizmat qilişini takidladi.
Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron ham mintaqadagi taranglikni yumşatiş hamda böğozning qayta oçilişi ortidan yuzaga kelişi mumkin bölgan iqtisodiy ijobiy tasirlarni qöllab-quvvatladi.
“Dengiz qatnovining heç qanday çeklovlar yoki tölovlarsiz qayta tiklanişi mintaqaviy barqarorlik va jahon iqtisodiyoti uçun muhim şartdir”, – deb yozdi Makron X tarmoğida.
Tahlilçilarning fikriga köra, AQŞ va Eron bir neça haftadan buyon kelişuvga yaqinlaşayotgandek körinayotgan edi. Biroq böğozni qayta oçiş masalasi ikki davlat örtasidagi muzokaralarning eng asosiy va bahsli nuqtasiga aylandi. Eron ötgan oyda bunga qisqa muddatga rozi bölib, uşbu yönalişga tayanadigan Fors körfazi davlatlarining neft savdosiga malum darajada yengillik yaratgan edi.
“Tiçlik kelişuvi” haqidagi xabarni eşitiş yaxşi, bu kelişuv ziddiyatli ikki tomon orqali tasdiqlaşi undan ham yaxşi ammo hujumlar ortidagi minglab qurbonlar haqidagi statistika uruşda naqadar daxşatli ekanligini anglatadi. Eng köp qurbonlar Eron va Livanda qayd etilgan.
AQŞda joylaşgan HRANA inson huquqlari guruhi (taşkiloti) malumotlariga köra, fevral oyi oxirida AQŞ va Isroil tomonidan boşlangan hujumlardan söng, mintaqadagi mojaro kengayib, Eronda 3600 dan ortiq odam halok bölgan. Ularning 1700 dan ortiği tinç aholi vakillari hisoblanadi.
Şuningdek, Livanda 3700 dan ortiq kişi, Fors körfazi mamlakatlarida 36 kişi, Isroilda esa, 20 kişi halok bölgan. Bundan taşqari, AQŞning 13 nafar harbiy xizmatçisi halok böldi.