9-sinf öquvçisi otasining maşinasida avtohalokatga uçradi
Toşkentda maşinani haydab, yöl-transport hodisasini keltirib çiqargan töqqizinçi sinf öquvçisining otasi javobgarlikka tortildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yöldoşev malum qildi.
Uning bildirişiça, joriy yilning 15 iyun kuni tonggi vaqtda Toşkent şahri 64-son maktabning 9-sinfini bitirgan ikki nafar sinfdoş davlat raqam belgisi yeçilgan holdagi BYD rusumli transport vositasini boşqarib çiqib, tajribasizligi oqibatida Yutong rusumli yölovçi avtobusining orqa tomoniga urilgan. Bu vaqtda avtobus içida yölovçilar bölmagan va hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan.
Holat yuzasidan transport vositasini hujjatsiz boşqargan yigitning otasiga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Özbekiston tumanida yuk maşinasi hamda Lacetti rusumli avtomobil töqnaşib ketişi oqibatida ikki kişi halok bölgan edi.