Oylik, pensiya va nafaqalarning oşişidan darak yöq
1-06-2025, 12:35
899 марта
Oylik, pensiya va nafaqalarning oşişidan darak yöqOxirgi marta indeksatsiya amalga oşirilgan sentyabrdan buyon jamlangan rasmiy inflyatsiya 8,5%dan köproqni taşkil etmoqda.
Energotovarlarning qimmatlaşişi eng avvalo kam daromadli ijtimoiy qatlamga zarba berişda davom etmoqda (öqituvçilar, döxtirlar, pensioner va nafaqaçilar).
Xususan, may oyidagi oşişlarda elektr energiyasi narxi örtaça 18,8 %ga oşgan bölsa, kam istemol qiluvçilar uçun narxlar 33,3%ga qimmatladi. Tarmoq gaz örtaça 39,2%ga oşgan bölsa, kam istemol qiluvçilar uçun tariflar 58,3%gaça qimmatlagan.
Nima uçun ijtimoiy qatlam antireformaga aylanib ketgan oşdi-oşdilarga ijirğanayotgani, reforma degan sözdan xafsalasi pir bölgani tuşunarli bölsa kerak.
Şunça oşdi-oşdiga qaramay şonli energetikani sörib yotgan öğri oligarxiyani subsidiyalaş töxtagani yöq, özi energoreformadan boş ğoya öşa öğrilarni subsidiyalaşdan töxtatib, öqituvçilar, döxtir va pensionerlar foydasiga qayta taqsimlaş, yani ijtimoiy qatlamning daromadlarini oşiriş bölişi kerakligini hozir antiislohotçilar esga olgisi kelmaydi.
Ëdda tutiş kerakki, bir marta aldangan xalq qaytib boşqa işonmaydi.