Toşkentda elektromobilga öt ketdi
Bugun, 26 avgust kuni Toşkent şahar Yaşnobod tumanida elektromobilda yonğin sodir böldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 14:45 da Yaşnobod tumani, Qorasuv köçasi 4-uy oldida elektromobil yonayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBBga xabar tuşgan.

Şunga köra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yonğin soat 15:07 da öçirilgan. Yonğin oqibatida jarohatlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatida 3 ta avtomobil töqnaşib, yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida harakat iştirokçilari jarohat olmagan.