USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

4 özbekistonlik Koreyada terrorçilikda ayblanmoqda

106 марта
4 ўзбекистонлик Кореяда террорчиликда айбланмоқда

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Janubiy Koreyada tört nafar özbekistonlik Suriyadagi terrorçi guruhga pul va transport vositalarini yuborganlikda ayblanib qölga olindi. Ular terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraş töğrisidagi qonunni buzganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Koreyaning “Yonhap” agentligi xabar berdi. 

Malum qilinişiça, tört nafar Özbekiston fuqarosidan biri 2025 yil aprelidan boşlab taxminan sakkiz oy davomida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti terroristik taşkilotlar röyxatidagi “Katibat at-Tavhid val-Jihod” terrorçilik taşkilotiga 6,3 million von (taqriban 4600 AQŞ dollari) qiymatidagi kriptovalyuta yuborganlikda ayblanmoqda.

Şuningdek, 30 yoşlardagi uşbu erkak öşa davrda guruhdan kriptovalyuta olganlikda gumon qilinmoqda va bu pullarga umumiy qiymati 170 million vonga teng bölgan 11 ta minilgan avtomobil hamda ikkita ekskavator sotib olib, ularni Suriyaga jönatgan.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti “Al-Qoida”ga aloqador bölgan “Katibat at-Tavhid val-Jihod” jangari guruhini 2022 yilda terrorçilik taşkiloti deb tan olgan.

Tergovçilarning fikriça, gumonlanuvçining guruh bilan rasmiy aloqalari yöq, biroq u taşkilot azosi bölgan ukasi bilan aloqaga çiqqanidan söng uni qöllab-quvvatlay boşlagani aniqlangan.

Gumonlanuvçi Interpol tomonidan qizil xabarnoma bilan qidiruvga berilganidan bir oy ötib, yani aprel oyida hibsga olingan. Şundan söng unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilib, ayblov elon qilingan.

Qolgan uç nafar Özbekiston fuqarosi asosiy gumonlanuvçiga minilgan avtomobillarni topiş kabi işlarda yordam berganlikda ayblanmoqda. Ular hibsga olinmagan holda politsiya tomonidan söroq qilingan.

Asosiy gumonlanuvçi öz vatandoşlaridan birining nomiga röyxatdan ötgan minilgan avtomobillar eksporti kompaniyasini boşqargani malum böldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: