Suv balosi: bir oilada uç janoza!
Çarçagan nigohlar, qayta va qayta suv tubiga tuşaverib ivib ketganidan maşinalar tepasiga ilib qöyilgan qutqaruv formalari, köngillilar bilan tölgan qirğoq va har gal yaqinlarining jasadi topilişidan umidvor bölib qayiqlarning yöliga köz tikkan jabrdiydalar. Çorvoq suv omborining “Burçmullo” qişloğiga yaqin qismida mana 5 kundirki kuzatilayotgan holat
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Çorvoq suv omborining belgilanmagan qismida çömilmoqçi bölgan ota va uning ikki nafar farzandi oyoq tomirlarining kutilmaganda tortişib qolişi oqibatida çökib ketgandi. Şu kundan boşlab Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda bir qança qator taşkilotlar tomonidan qidiruv işlari olib borilmoqda. QALAMPIR.UZ uşbu manzilga borib, qutqaruv jarayonlari qanday amalga oşirilayotgani haqida örgandi.
“Qidiruv jarayonlari hozirgi kunda 2-2,5 kilometr radiusda davom etyapti. Tun-u kun töxtaş bölmayapti. Kerakli kuç-vositalar hammasi jalb qilingan. Vazirligimiz topşiriğiga asosan Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyatidan ham qutqaruvçilar jalb qilingan. Hozirgi kunda umumiy yettita qutqaruv “otryad”lari jalb qilingan, suvda töqqizta ekipaj işlayapti.
Ğavvoslar soni 40-45 tani taşkil qiladi. Endi bu yerda “akvatoriya” katta. Suv sathi, yani öşa joylaşgan joyi ham Çorvoq suv omborida, juda katta suv miqdori mavjud. Fuqarolarga tuşunça bölişi uçun aytib ötamiz, basseyndagi suv bilan bu suv omboridagi suvning ança farqi bor. Basseynda suv malum bir joyda turadi faqat, tölqin bölmaydi yoki qanaqadir bosim kamroq böladi. Bekorga öşa Çorvoq suv omborining maxsus joylari çömiliş uçun möljallanmagan... Öşa joyda çömilsa, xavfsiz hudud hisoblanadi. Atrofi öralgan, hududlarda çömiliş tavsiya qilinadi. Mana bunga öxşab örta qismida yoki öşa taqiqlangan joylarda çömiliş oqibati har xil baxtsiz hodisalar bilan tugaşiga olib kelyapti. Ğavvoslarga qutqaruv jarayonlarining qiyinçilik tuğdirayotgan omillar bu taşqaridan yop-yoruğ kun, suv yuzasi bizga köm-kök bölib, şaffof bölib körinişi mumkin, lekin suv tubida köriş imkoniyati 1-1,5 metrni taşkil qiladi. Bu demak-ki, öşa ğavvos köproq harakat qilişi, köproq hududni, yani suv tubida köproq masofasini aylanib çiqişga töğri keladi. Qutqaruv havo ballonlaridagi bosim ham şunga moslangan. Yani, barça imkoniyatlar yetarli, Xudo xohlasa, tez fursatlarda topişga harakat qilamiz”, deydi Böstonliq tumani ixtisoslaşgan FVB boşliği örinbosari
Jarayonlarda xodimlar bilan bir qatorda mahalliy aholining ham köplab vakillari köngilli sifatida qidiruv işlarida kömak berişga urinişayotganiga közimiz tuşdi.
“Voqeaga şaxsan guvoh bölganimiz yöq, lekin 2 sentyabrdan beri Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan katta kuç taşlangan. U holat röy bergan paytda heç kim bölmagan. Katerda faqat aynan öşa oila hamda katerni haydayotgan yigit bölgan ekan. Hozirgi kunda öşa oiladan onasi hamda singlisi soğ-salomat. Hammasi soğ-salomat, faqatgina öşa ota hamda ikkita öğil çökişgan. Butun respublikadan kuç taşlangan, hamma öşa oilani qidiriş bilan ovora-yu sarson. Xudo xohlasa, topiladi degan umiddamiz, inşoolloh yaxşi böladi.
Özimiz şu burçmullalikmiz. Bu yerning xalqi ham kelib, bel boğlab, birgalaşib, şu xodimlar bilan birga yelkama-yelka turib xizmat qilyapti”, deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Yuz bergan baxtsiz hodisa suv omboridan bir neça km uzoqlikda joylaşgan kuzatuv kamerasining tasvirlariga ançayin xira şaklda bölsa ham yozilib qolgan va aynan öşa tasvirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taşkil etilgan maxsus ştabga qidiruv radiusini belgilaşda yordam bergan.
“Bu Çorvoq suv omborining umumiy körinişi, yani hozir biz turgan joyimiz mana “Yakkatut” hamda “Burçmulla” qişloqlarining örtasida, yani qidiruv işlari aynan mana şu perimetrda bölyapti. Öşa boya lavhada aytib ötgan 2,5 kilometr radius degan joyimiz aynan mana şu nuqtalarda qidiruv işlari amalga oşirilyapti”, deydi Böstonliq tumani ixtisoslaşgan FVB boşliği örinbosari Rustam Böriyev.
20-25 metr çuqurlikda qidiruv jarayonlarini amalga oşiriş qutqaruvçilar uçun ham oson bölmayotgani aniq. Şuning uçun ham ularga qisman bölsa-da yordam berişi uçun suv yuzasida yurib suv ostidagi jismni aniqlab signal yuboradigan maxsus “Apaçi” droni ham olib kelindi.
Hozir suv ostida yöqolgan 3 nafar insonning yaqinlariga oson bölmayotgani aniq. Bu holatda ularning dardini heç kim yengillatişiga ham umid yöq, biroq marhumlarning yaqinlaridan biri bizga bergan intervyusida odamlardan heç bölmasa tuhmat sözlarni aytib, ijtimoiy tarmoqlarda haqiqatga töğri kelmaydigan sözlarni yozmasliklarini iltimos qildi.
“Xolavaççam böladilar menga. Xolamning bolalari şu çömilişga çiqişgan katerda. Suvda çömilgan paytida tomir tortişib qolib, şu kiçkina öğillarining tomiri tortişganda, keyin dadalari, şu Yodgor akam yordamga tuşgan. Ularning ham tomiri tortişib, keyin katta öğillari Nodir yordamga tuşgan. Öşa yerda keyin orada katerdagi bolada öşa nimçasi bölgan, ustida “jilet”i bölgan, katerdagi bolaning. Nodirda ham “jilet”i bölgan ekan. Faqat u “jilet”ni yeçib, dadasini qutqariş maqsadida tezroq öşa taşlagan özini suvga. Suv sovuqligi sababli tomiri tortişib, keyin şunaqa holat bölgan, çökkan. Endi ayoli, kelinim, öşa qizi katerda bölgan. Ular ham körgan çökkan holatini. Keyin qirğoqda bölgan skuter kelib, katerçini qutqargan. Kelinim bilan qizini olib ketgan. Şu bilan FVV yetib keldi öşa kunning özida. Keçqurun soat 9 gaça şu yerda qidiruv işlari, mana öşa kundan beri hozir qidiruv işlari olib borilyapti. Rahmat aytamiz Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga, ayniqsa mana şu “Burçmulla” qişloği aholisiga juda katta rahmat aytamiz. Ular şu kundan berib xuddi bizdek birga-da, birga yurib, birga mana bu yerda neçta burçmullalik yigitlari bor, mana köngillilar. Bu yoqdan mana Sijjak qişloğidan kelişyapti, “kater”i borlar.
Bizga moddiy yordam kerak emas, bizga faqatgina mana şularning işlaşi va öşa “kommentariy”larda kimdir ölib qolibdi, onasi ölib qolibdi, degan gaplar bölayapti. Unaqa holatlar yöq. Xudoga şukur, qolganlari şu yerdalar, yaxşi, heç kim şifoxonada ham emas. Buni heç kimning boşiga solmasin. Çunki bitta oilada erkaklar yöq bölib ketyapti-da. Hali biz öşa yerdamiz, çiqişini kutyapmiz. Endi har holda akamiz. Beşinçi sutka ötyapti, haligaça yöq. Qiyin, oilaga qiyin, xolamga qiyin. Mana hozir qon bosimlari kötarilib, farzand doğida qiynalyapti. Xudo xohlasa topilsa, sönggi manziliga kuzatsak, yaxşi bölar edi”, dedi yöqolganlarning xolavaççasi Şuhrat Şokirjonoviç.
Umid Sulaymonov