USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Maktabdagi vahşiylik: 10 yoşli öquvçiga kattalar braslet yedirgan. Zöravonlar ölim bilan qörqitgan!

244 марта
Мактабдаги ваҳшийлик: 10 ёшли ўқувчига катталар браслет едирган. Зўравонлар ўлим билан қўрқитган!

Inson non yutişi mumkin, meva yutişi mumkin lekin magnitni yutiş unga xos emas. Yaşnobod tumanidagi  151-maktabda esa 9 yoşli bolaga yuqori sinf öquvçilari tomonidan magnit braslet yuttirilgan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda köpçilikning hayratiga, ota-onalarning xavotiriga sabab böldi. QALAMPIR.UZ holatni batafsil örganiş uçun voqea joyiga keldi.

Biz maktab direktori va öquvçining sinf rahbari bilan suhbatlaşdik. Ularning sözlariga köra, holat joriy yilning 3-sentyabr kuni sodir bölgan va undan keyingi kunlarda bola odatdagidek darsga kelgan.

“Mazkur holat 3 sentyabr kuni yuz bergan. Öquvçi hojatxonaga çiqişga ruxsat söradi. Bola 10 daqiqadan söng xotirjam va heç qanday bezovtalik alomatlarisiz sinfga qaytgan hamda darslarni odatdagidek davom ettirdi. 4 sentyabr kuni ham öquvçi maktabga soğlom va heç qanday şikoyatlarsiz keldi. Ertasi, şanba kuni soat 17:00 atrofida esa, uning onasi bolaning qorni oğriyotganini malum qildi. Şifoxonada bolaning qornida yot jism aniqlangan. Şundan söng holat yuzasidan ariza berilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqeaning qayerda, qaçon va qanday sodir bölgani tergov yakunida aniqlanadi. Bino ikki bölimdan iborat bölgani uçun öşa paytda bizning bölimda faqat birinçi sinfdan törtinçi sinfgaça bölgan bolalar bor edi. Yani, begona odamlar u yerda bölmagan”, deydi bolaning sinf rahbari.

Maktab direktori esa voqea haqida xabar topgaç, öquvçining ahvolini biliş uçun şifoxonaga borgan. U holat haqida şunday deydi:

“Men kasalxonaga borganimda, öşa kasalxonaning şifokori Erkin aka bilan boğlandim. Kirganimda u bolaning ahvoli haqida gapirib ötdi. U operatsiya qilingani, kerak bölsa yana qayta operatsiya qilinişi ehtimoli borligini aytdi. Öşa vaqtda şifokorlar onasiga dori retseptini yozib bergan ekan, birga dorixonaga borib, öşa kerakli dorilarni topib, olib berdik”.

151-sonli maktab öquvçilari esa voqea haqida ijtimoiy tarmoqlardan xabar topganliklarini, maktabda avval bunday hodisa yuz bermaganini aytdi.
Holat haqida batafsil malumot oliş maqsadida Maktabgaça va maktab talimi vazirligining matbuot kotibi bilan boğlandik.

“Bu malumot isbotini topmagan, tergov jarayoni davom etayotgan ekan, yana qayta xulosa berişadi. Hozirda maktab hovlisi, koridorlariga videokamera qöyilgan. Lekin hojatxona tarafga qöyilmagan ekan. Endi öşa tarafga ham kamera örnatiş çoralari köriladi”, dedi Dilfuza Sobirova.

Söngra Toşkent şahar ikkinçi bolalar jarrohlik klinik şifoxonasiga 3-sinf öquvçisining holati qanday ekanligini biliş uçun bordik. Şifokor bemor holati haqida malumot berdi:

“Bemorimiz kelganda qorindagi oğriqdan, köngil aynişidan, bir marta qusişdan şikoyat qilib kelgan. Kerakli davo muolajalari ötkazilgan va ingiçka içakdagi yot jism taşxisi qöyilgan. Tegişli tayyorgarlikdan keyin operatsiyaga olingan. Operatsiya vaqtida ingiçka içakda yot jism – magnit şarlari aniqlangan. Magnit şarlari olib taşlandi, teşiklar tikildi va kattaroq teşilgan joyida içak rezektsiya qilib ulandi. Hozir bemor reanimatsiyada, ahvoli ötkazilgan operatsiyaga mos. Ahvoli yaxşilangandan keyin şoşilinç jarrohlik bölimiga ötkazamiz”.

Biz uşbu masala yuzasidan içki işlar vazirligiga murojaat qilganimizda ular holat haqida heç qanday malumot taqdim etmadi. Örganiş işlari olib borilayotgani, tergov yakunlangaç batafsil malumot berilişini bildirdi.

Jabrlanuvçining onasi bilan suhbatlaşganimizda farzandi reanimatsiyada ekanligini aytib, OAVlariga çiqişni istamasligini malum qildi. Voqealar rivojini Qalampir.uz’da kuzatib boring.

Jasmina Murtazoyeva

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: