Himoyasi zaiflaşgan Rossiya, ogohlantirilgan Tramp va hujumga tayyorlanayotgan Şimoliy Koreya – Midweek
Ukraina avjiga çiqdi!
Uruş boşlanganidan beri Kiyev uçirgan dronlar Rossiya içiga rekord darajada – naqd 2800 kilometr uzoqlikka kirib bordi. Bir tomonda energetika infratuzilmasiga zarbalar, boşqa tarafda esa zaiflaşgan himoya tizimi. Xöş, Rossiya haqiqatan ham mağlubiyatga yaqinmi yoki bu ikki davlat rahbarining şaxsiy nafratiga aylangan uruşning yangi va dahşatli bosqiçimi?
Dengizda esa qiyomat boşlandi! Ramziy manoda! AQŞ va Eron örtasida şafqatsiz “raqamlar poygasi” ketmoqda: olov içida qolgan tankerlar, yakson etilgan harbiy kemalar va bular öz sözini aytdi. Brent neftining narxi 100 dollardan oşib ketdi. Tehron nafaqat Hormuzni, balki Arktikadan Hind okeanigaça bölgan butun global savdo tomirlarini uzib qöyiş bilan tahdid qilmoqda. Jahon iqtisodiyoti jarlikka qulaydimi?
Atrofda uruş, ammo jang sözi bilan eng köp ismi yonma-yon keladigan Kim Çen In birortasida qatnaşmayapti. U zerikkan şekilli, dunyoga özining yadroviy kallak taşuvçi yangi “öyinçoği”ni körsatdi. Hatto yaqin 8 oy içida navbatdagi maxfiy rejasini namoyiş etişni vada qildi. Pxenyan Vaşington va Seulga qanday jiddiy va jumboqli “sovğa” hozirlamoqda?
Uruş – ikki şaxsning nafrati
Yer şarining bir çetida tinçlik haqidagi muzokaralar stoliga “xayrixohlik” bayroğini qöyayotganlarni körib, tinçlik yaqin deb umid qildi dunyo. Ammo oradan bir-ikki kun ötib Rossiya Ukraina telekanalini jonli efir paytida bombardimon qilgani, Ukrainaning Arktika muzliklarini yorib ötgan dronlari haqiqiy voqelik nimadan iboratligini körsatmoqda. Keling, dastlab dalillarga yuzlansak. Rasmiy Moskvaning jurnalistlar ustidan bomba yoğdirgani haqida alohida material tayyorlaganmiz. Uni ekranlaringizda paydo bölgan sarlavha orqali tomoşa qilişingiz mumkin. Biz esa hozir Ukrainaning rekord darajada Rossiya içiga kirib borgan dronlari haqida gaplaşamiz.
Yamal-Nenets avtonom okrugi gubernatori Dmitriy Artyuxovning malum qilişiça, Rossiyaning Noviy Urengoy şahridagi sanoat obektiga Ukraina dronlari hujum uyuştirgan. Gubernatorning takidlaşiça, obektga qilingan hujum qaytarilgan, biroq portlaş va dron parçalarining tuşişi oqibatida jiddiy yonğin kelib çiqqan. Ural federal okrugidagi vakolatli vakil Artyom Joga hodisa yonilği-energetika majmuasida sodir bölganini va işçilar zudlik bilan evakuatsiya qilinganini qöşimça qildi. Etiborlisi, Joga uşbu zarbani Ural federal okrugining Arktika qismiga qilingan birinçi hujum deb atadi.
Oçiq manbali razvedka tahlilçilarining malumotlariga köra, nişonga olingan obekt – Noviy Urengoydagi kondensatni transportirovkaga tayyorlaş zavodi bölib, u Ukraina çegarasidan taxminan 2800 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Bu esa Rossiya – Ukraina uruşi boşlanganidan beri Ukraina hududidan berilgan eng uzoq masofali zarba bölişi mumkin. Avvalroq eng uzoq masofali zarba sifatida iyul oyida Omsk neftni qayta işlaş zavodiga berilgan zarba qayd etilgan edi, ammo Noviy Urengoy bu rekordni yana 500 kilometrga uzaytirdi. “Fire Point” kompaniyasi boş konstruktori Denis Ştilerman iyul oyidagi zarba uçun FP-1 dronidan foydalanilganini aytgan bölsa-da, bu galgi Arktika parvozi qaysi texnika yordamida amalga oşirilgani rasman oçiqlanmadi. Xulosa aniq: Rossiyaning Arktikaga yaqin hududi endi ilgari öylanganidek daxlsiz va xavfsiz maskan emas.
Aynan şu geostrategik zarbalar fonida siyosiy sahnada mutlaqo boşqaça ohanglar yangray boşladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan energetika va ğalla masalalarida murosa qilişga tayyorligini bildirgan. “RIA Novosti” xabariga köra, Zelenskiy bu masalalar nafaqat Kiyev va Moskva uçun, balki Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni va Misr kabi dunyoning köplab mamlakatlari uçun ham hayotiy ahamiyatga ega ekanini takidlagan. Biroq u, bu murosa bir tomonlama bölmasligi kerakligini eslatgan.
“Ğalla va energetika – Ukraina va Rossiya uçun oğriqli masalalar. Biz murosa qilişga tayyormiz. Biz allaqaçon juda köp murosaga bordik. Biz doimo bir tomonlama ravişda oldinga qadam taşlaydigan yagona tomon bölib qolmasligimiz kerak”, deydi Zelenskiy.
Yani, Kiyev tili bilan aytganda: “Biz eşikni oçiq qoldirdik, lekin endi içkariga kim birinçi bölib kirişini kuzatyapmiz” deyilmoqda.
Vaşingtonda esa voqealarga nisbatan mutlaqo boşqaça, bir oz sodda va optimistik baho berilmoqda. AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişmoqçi ekanini iddao qildi. Tramp 9 sentyabr kuni jurnalistlarga bergan intervyusida Putin bilan hafta boşida bölgan muloqotini eslagan:
“U kelişuv tuzişni xohlayapti. Agar Zelenskiy ham kelişuv istasa, bu juda yaxşi bölar edi”, deydi AQŞ prezidenti.
Trampning bu bayonoti uning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşnerning Moskva hamda Kiyevga qilgan diplomatik safaridan söng yangradi. Tramp uruşni töxtatiş uçun özining eng işonçli vakillarini safarbar qilganini, ammo asosiy tugun boşqa joydaligini aytmoqda.
“Tösiq – bir-biridan nafratlanadigan ikki inson. Ular kelişsa bas!”, deydi Tramp öziga xos piçing va oçiqlik bilan Putin va Zelenskiyni nazarda tutib.
Uning fikriça, har qanday geosiyosiy ziddiyatdan köra, köproq aynan ikki davlat rahbarining şaxsiy adovati tinçlik jarayoniga barham bermoqda. Ilgari Tramp ularni yaraştiriş uçun özining vakillarini vositaçi qilib jönatganini, biroq şaxsiy adovat va bir-biriga bölgan nafrat devori oldida bu urinişlar samarasiz ketganini ham qistirib ötgandi.
Şunga qaramay, AQŞ, Ukraina va Yevropa razvedka xizmatlarining rasmiylari Trampning bu jöşqin optimizmiga qöşilmayapti va Kremlning haqiqatan ham uruşni yakunlaş niyati borligiga şubha bilan qaramoqda.
Xalqaro ekspertlar va yetakçi naşrlar berayotgan tahlillarsiz ham real vaziyatni anglaş qiyin emas. Bir tomonda 2800 kilometr uzoqlikdagi energetika infratuzilmasiga berilayotgan aniq zarbalar, ikkinçi tarafda esa qilmişning aniq tasviri bilan körsatuvçi televideniyega hujum. Boşqa tomonda esa diplomatik minbarlardagi “murosa” haqidagi bayonotlar parallel ravişda mavjud. Demak, ikki Vladimir boşçiligidagi uruş hali uzoq davom etişi mumkin.
“Dengiz qaroqçilari”. AQŞ va Eron kemalari yöq qilindi
Yaqin Şarqning neftga boy quvurlari bugun haqiqiy porox boçkasiga aylanib böldi. Bir oy davom etgan nisbiy “iqtisodiy bosim” va sokinlik foni öz örnini Fors va Ummon körfazlaridagi eng ulkan harbiy töqnaşuvlar tölqiniga böşatib berdi. 9 sentyabr kuni Eron va AQŞ örtasidagi uruş boşlanganidan buyon dengizdagi kemalarga qilingan eng yirik zarbalar seriyasi qayd etildi.
Dastlab raqamlar va faktlarga etiboringizni qaratmoqçiman. “Reuters” xabariga köra, Eron tomoni 10 ta dengiz kemasini nişonga olganini malum qilgan bölsa, AQŞ harbiylari bunga javoban Eronning 5 ta neft tankerini yakson etgani va kemalarning olov içida qolgani aks etgan kadrlarni elon qildi. AQŞ Markaziy qömondonligi bu keskin çorani Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Amerika harbiy kemasiga ikki marta ballistik raketa bilan zarba berişga uringaniga javob hamda ogohlantiriş bölganini tuşuntirmoqda. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio vaziyatga pöpisa bilan izoh berdi.
“Eron AQŞ harbiy kemalariga hujum qilişda davom etsa, har bir bunday harakat uçun kamida bitta tankerdan ayriladi”, deya Vaşingtonning yangi taktikasini aytdi Marko Rubio. Amerika rasmiylarining malum qilişiça, bir hafta içida Eronga tegişli jami 10 ta tanker nişonga olingan.
Tehron esa qarab turgani yöq. Eron tomoni 2 ta AQŞ harbiy kemasi va 8 ta tankerga muvaffaqiyatli zarba berganini davo qilmoqda. Dengizdagi bu “raqamlar poygasi” ortida esa allaqaçon inson omili va logistika halokati turibdi. Dubay yaqinida turgan “Hercules Star” neft mahsulotlarini taşuvçi tankerdagi portlaş oqibatida kamida bir dengizçi halok bölgan, yana biri bedarak yöqolgan. Iroq port rasmiylarining bildirişiça, 2 million barrel mazut ortgan “New Andros” tankeri Iroq hududiy suvlarida dron zarbasiga uçrab, yonğin içida qolgan.
Britaniyaning Buyuk Britaniya dengiz savdosi operatsiyalari xavfsizligi agentligi esa Hormuz böğozi va unga tutaş suvlarda bir neçta tijorat kemalariga qarata snaryadlardan öt oçilganini va kema ağdarilişi xavfi tuğilganini tasdiqladi.
Dengizdagi alanga bir oz kamlik qilgandek, ziddiyat quruqlik va havo hududiga ham köçdi. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Isroilni çetlab ötib, Iordaniya hududidagi AQŞ harbiy bazasiga ballistik raketalar bilan zarba berganini bildirdi. Iordaniya havo mudofaasi 18 ta raketani urib tuşirganini, qolgan 2 tasi kimsasiz hududga tuşganini oçiqladi.
AQŞ rasmiysi barça amerikalik harbiylar soğ-salomat ekanini malum qildi. Islom inqilobi qöriqçilari korpusi javob yanada şafqatsiz bölişini elon qildi. Ular tez orada Pokiston çegarasidagi Çobahorgaça çöziladigan va xalqaro navigatsiya uçun yopiq deb elon qilinadigan yangi taqiqlangan dengiz zonasi xaritasini taqdim etmoqçi. Yani, Tehron faqat öz ostonasidagi Hormuz yölini emas, balki Yevropa, Osiyo va Rossiyani boğlab turgan butun global dengiz va quruqlik savdo yöllarini falaj qilib qöyiş bilan ogohlantirmoqda.
Geosiyosiy sahnadagi bu yonğinga Vaşingtondan berilayotgan munosabat esa alohida etiborga loyiq. AQŞ Prezidenti Donald Tramp Tehronning bu tajovuzkorligini harbiy zarurat emas, balki Amerikaning içki siyosatiga aralaşuv deb baholamoqda.
“Menimça, uruş saylovdan keyin darhol tugaydi, çunki ular bundan ortiq çiday olmaydi. Ular noyabrdagi AQŞ Kongressi saylovlariga umidsizlarça tasir ötkazişga urinmoqda”, deydi Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida. Trampning mantiğiga köra, Eron energetika inqirozini keltirib çiqariş orqali Vaşingtondagi siyosiy balansni özgartirmoqçi.
Biroq Oq uy içidagi manbalar va “The Wall Street Journal” elon qilgan tahlillar Trampning bu sodda optimizmini rad etadi. Naşrning yozişiça, Prezidentning yuqori martabali maslahatçilari, jumladan Vitse-prezident Jey Di Vens va Davlat kotibi Marko Rubio Trampni bu uruş uning ikkinçi prezidentlik muddati tugaydigan 2029 yil yanvargaça davom etişi mumkinligidan ogohlantirgan. “Reuters” bu malumotni mustaqil tasdiqlay olmaganini bildirgan bölsa-da, voqealar rivoji aynan Vens va Rubioning xavotirlari haqiqatga yaqinroq ekanini körsatmoqda. Avvalroq Eron ham rasman uruş Tramp prezidentlikdan ketguniça davom etişini bildirgandi.
Xalqaro neft bozorlari ham har doimgidek harbiy harakatlarga zudlik bilan munosabat bildirdi. 9 sentyabr holatiga köra, Brent markali neft narxi barreli uçun 100 dollarlik çegaradan oşib ketdi. Bu joriy yilning iyul oyidan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir.
Tahlil qilganda şunday bir mantiqiy manzara namoyon bölyapti. Vaşington uruşni “saylovgaça bölgan vaqtinçalik bosim” deb körsatişga urinmoqda, Tehron esa har bir neft tankeriga zarba beriş orqali jahon iqtisodiyotining tomirini siqmoqda. Tomonlar bir-birining harbiy va iqtisodiy imkoniyatlarini sinovdan ötkazişda davom etsa, neftning narxi yanada osmonga çiqişi aniq.
Kimning yangi xavfli “öyinçoği”
Tinç okeanining mintaqaviy xavfsizlik balansi navbatdagi sinov bosqiçiga qadam qöydi. Ğarb davlatlari sanktsiyalar zanjirini mahkamroq tortişga urinayotgan bir paytda, Pxenyan özining dengiz harbiy qudratini namoyiş qilişda davom etmoqda. Joriy yilning 6 sentyabr kuni Vonsan şahri portida Şimoliy Koreya harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga “Çxve Xyon” sinfidagi ikkinçi raketa taşuvçi harbiy kema – “Kan Kon” rasman qabul qilindi.
Voqeaning rasmiy qismi ham, harbiy-strategik mantiği ham alohida etiborga loyiq. Marosimda şaxsan iştirok etgan Pxenyan yetakçisi Kim Çen In uşbu harbiy kemani oddiy mudofaa vositasi emas, balki töğridan-töğri “zarba beruvçi esminets” deb atadi. Uning takidlaşiça, yangi kema mamlakatning umumiy yadroviy javob qaytariş tizimining ajralmas va faol qismiga aylanadi. Kim Çen Inning yonida rafiqasi Ri Sol Çju va sönggi paytlarda harbiy-siyosiy tadbirlarning doimiy figurasiga aylanib borayotgan qizi Kim Çju E ham köriniş bergani alohida ahamiyatli.
Faktik malumotlarga töxtaladigan bölsak, 5 ming tonna suv siğimiga ega “Kan Kon” kemasi mamlakat Harbiy-dengiz kuçlarining Şarqiy dengiz flotida xizmat qiladi. Bu şunçaki oddiy kema emas, balki ummonda suzuvçi ulkan va öta xavfli raketa bazasidir.
Uning asosiy kuçi va vazifasi – uzoq masofadagi nişonlarni, hatto duşman hududining içkari qismlarini ham aniq va kuçli raketalar bilan poylaş hamda ularga poytaxt yoki bazalardan turib zarba berişdir.
Kema bortida duşmanning radar tizimlarini aylanib öta oladigan zamonaviy qanotli raketalar hamda taktik raketa majmualari joylaştirilgan. Harbiy ekspertlar va xalqaro razvedka manbalarining takidlaşiça, uşbu kemadan otiladigan ayrim raketalarga yadroviy kallaklarni ham örnatiş imkoniyati mavjud. Bu esa “Kan Kon” kemasini nafaqat oddiy harbiy harakatlar, balki strategik yadroviy tiyib turiş va ogohlantiriş vazifasini bajaruvçi öta qudratli qurolga aylantiradi.
Etiborli jihati, Şimoliy Koreya dengiz floti uşbu namoyişga yetib kelguniça jiddiy muammolarga ham duç kelgan. “Kan Kon”ning quriliş tarixi mutlaqo silliq keçmagan. Kema 2025 yilning may oyida ilk bor suvga tuşirilayotgan paytda texnik nosozlik sababli yonboşlab, qisman ağdarilib ketgan edi. Pxenyan muhandislari uni suvdan çiqarib, tamirlab, taxminan bir oy ötib qayta suvga tuşirişga erişdi. Ötgan yilning iyul oyida esa aynan şu kema iştirokida strategik qanotli raketalar va boşqa zamonaviy qurol tizimlarining sinovlari muvaffaqiyatli ötkazilgani elon qilindi. Yani, bir yarim yil oldin suv tubiga ketişiga bir baxya qolgan kema bugun Pxenyanning Tinç okeanidagi asosiy “muskuli”ga aylandi.
Şimoliy Koreya iyun oyida uşbu sinfdagi birinçi raketa taşuvçi harbiy kema – “Çxve Xyon”ni Ğarbiy dengiz flotiga joylaştirgan edi. “Kan Kon”ning Şarqiy flotga topşirilişi bilan Pxenyan mamlakatning har ikki sohili böylab yangi avlod raketa taşuvçi harbiy kemalar zanjirini yopdi.
Kim Çen In marosimdagi nutqida harbiy-dengiz kuçlarini rivojlantiriş böyiça “muhim va maxfiy reja” amalga oşirilayotganini şama qilib, uning dastlabki amaliy natijalari yaqin sakkiz oy içida butun dunyoga namoyiş etilişini bildirdi. U rejaning aniq tafsilotlarini oçiqlamadi. Biroq Pxenyan yaqin yillarda 5 ming tonnadan ortiq suv siğimiga ega yangi kemalar va 10 ming tonnali yirik esminetslar qurişni hamda yadroviy dvigatel bilan işlaydigan suvosti kemasini yaratiş ustida iş olib borayotganini sir tutmayapti.
Bu harbiy namoyiş öz-özidan paydo bölmadi. “Kan Kon”ning flotga qabul qilinişi AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya iştirokidagi beş kunlik “Freedom Edge” yirik qöşma harbiy maşğulotlari boşlanişi arafasiga töğri keldi. Pxenyan bunday ittifoqçilik maşğulotlarini töğridan-töğri öz suverenitetiga tahdid deb baholaydi.
Tahlilçilar va xalqaro media naşrlarining qayd etişiça, Vaşington va Seul har qança köp qirrali harbiy maşğulotlar ötkazmasin, Pxenyan özining yadroviy hamda dengiz triadasini izçillik bilan şakllantirib böldi. Sakkiz oydan söng Kim Çen In yana qanday “kutilmagan sovğa” hozirlayotgani esa hozirça Koreya yarim orolidagi eng katta jumboq bölib qolmoqda.