Jizzaxda avtobus va yuk maşinasi töqnaşib ketdi
Bugun, 11 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Ş. Raşidov tumanida Toşkent – Termiz yönalişida harakatlanayotgan yölovçi avtobusi va yuk maşinasi töqnaşib ketdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar qildi.
Malum qilinişiça, soat 08:30 larda, Ş. Raşidov tumani Bobur MFY hududidan utgan M-39 “Toşkent – Termiz” avtomobil yölining 986 kilometrida Buxoro viloyatida yaşovçi 1982 yilda tuğilgan haydovçi Yutong rusumli yölovçi taşuvçi avtobusini “Toşkent – Samarqand” yönalişida boşqarib ketayotgan bölgan. Şu vaqtda yölning belgilangan joyidan qayrilib harakatlanayotgan vaqtida, qarama-qarşi tomondan, yani “Samarqand – Toşkent” yönalişida harakatlanib kelayotgan, Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi 1983 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan Şacman rusumli yuk taşuvçi transport vositasi bilan töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir etilgan.
Bildirilişiça, uşbu hodisa oqibatida halok bölganlar yöq hamda Yutong rusumli avtobusda bölgan ayrim yölovçilarga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyati Çirçiq şahrida Howo rusumli yuk transport vositasining avtoulovga ulangan yarim tirkamasi çiqib ketib, yöl çetida joylaşgan xonadonga borib urilgan edi.