USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bin Lodin, “Al-Qoida” va “aybdor” musulmon jamiyati: 11 sentyabr haqida nimalarni bilişimiz kerak?

132 марта
Бин Лодин, “Ал-Қоида” ва “айбдор” мусулмон жамияти: 11 сентябрь ҳақида нималарни билишимиз керак?

2001 yil 11 sentyabr. Dunyo hamjamiyatida Amerika Qöşma Ştatlarida sodir etilgan zamonaviy tarixdagi eng dahşatli hujumlardan biri – nafaqat Egizak binolar, balki butun insoniyatga qilingan terakt sifatida esda qolgan kun. “Al-Qoida” deb atalgan terrorçilik taşkiloti tomonidan uyuştirilgan hujumlar nafaqat minglab insonlarning hayotiga zomin böldi, balki AQŞning taşqi siyosati va butun dunyodagi xavfsizlik tizimiga katta tasir körsatdi.

Öşa maşum kunga 25 yil tölişi munosabati bilan QALAMPIR.UZ naşri Usoma bin Lodin va “Al-Qoida”ning AQŞga qarşi hujum orqali közlagan strategik maqsadlari asosan amalga oşmaganini tahlil qildi.

Terakt haqida qisqaça

2001 yil 11 sentyabrda “Al-Qoida”ning 19 nafar azosi AQŞda törtta yölovçi samolyotini olib qoçgan. Ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi minoralariga bori urilgan. Hujumlar televizion efirlarda butun dunyoga namoyiş etilgan.

Keyin samolyotlardan yana biri Vaşingtondagi Pentagon binosi ustiga kelib tuşgan. Törtinçi samolyot – United Airlines 93-reysi – yölovçilari hujumçilarga qarşi çiqişga uringanidan keyin Pensilvaniya ştatidagi dalaga qulab tuşgan. Rasmiy malumotlarga köra, uning ehtimoliy nişonlaridan biri Vaşingtondagi muhim davlat obekti bölgan.

Qança odam halok bölgan?

Hujumlar oqibatida qariyb 3 ming kişi halok bölgan. Qurbonlar orasida samolyot yölovçilari va ekipaj azolari, Jahon savdo markazida işlagan odamlar, yonğinni öçiriş va qutqaruv işlarida qatnaşgan öt öçiruvçilar hamda politsiya xodimlari bor edi.

Eng katta fojia Nyu-Yorkda yuz berdi. Samolyotlar urilganidan keyin minoralarda katta yonğin boşlandi va bir neça soat içida ikki bino ham “gözal” tarzda quladi. Rasmiy malumotlarga köra, janubiy minora 9:59 da, şimoliy minora esa 10:28 da qulagan.

Dunyo qanday özgardi?

AQŞda sodir etilgan terrorçilik hujumlari nafaqat mamlakatning özi, balki butun dunyo siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy tizimiga katta tasir körsatdi. Hodisadan keyin xalqaro munosabatlar özgardi, terrorizmga qarşi kuraş dunyo siyosatining eng asosiy yönalişlaridan biriga aylandi.

Öşa davrda AQŞ Prezidenti Jorj Buş hujumlarga javoban “terrorizmga qarşi global uruş” boşlagan. Keyinçalik AQŞ Afğoniston va Iroqqa bostirib kirdi, maxfiy qamoqxonalar, qiynoqlar va maxsus operatsiyalar kabi usullardan foydalandi.

AQŞ va uning ittifoqçilari “Al-Qoida” rahbariyatini yöq qiliş va “Tolibon” hukumatiga bosim ötkaziş vajida 2001 yil oktyabrda Afğonistonga harbiy amaliyotni boşladi. Keyinçalik bu uruş 20 yilga yaqin davom etdi. 2003 yilda esa AQŞ Iroqqa bostirib kirdi. Bu qaror bevosita 11 sentyabr hujumlari bilan boğliq bölmagan bölsa-da, terrorizmga qarşi “global uruş” muhiti Iroqqa qarşi harbiy amaliyotni oqlaşda muhim siyosiy fon böldi.

Mazkur voqealardan söng dunyo xavfsizlik xizmati ham tubdan özgardi. Aeroportlarda tekşiruvlar, çegara nazorati va razvedka tizimlari qatiy va keskin kuçaytirildi. AQŞda Transport xavfsizligi boşqarmasi (TSA) taşkil etilib, aeroportlardagi qoidalar butunlay özgardi. Şuningdek, terrorizmning oldini oliş maqsadida davlatlarning telefon, internet va moliyaviy operatsiyalarni kuzatiş vakolatlari ham öz-özidan kengaydi. Bu esa xavfsizlik va inson huquqlari örtasidagi muvozanat haqida katta bahslarni keltirib çiqardi.

Eng muhimi, 11 sentyabrdan keyin dunyoda xavfsizlik tuşunçasi özgardi. Terrorizm endi faqat ayrim davlatlarning içki muammosi emas, balki xalqaro xavfsizlikka tahdid sifatida qarala boşlandi.

Musulmonlarga bölgan munosabatning özgarişi va propaganda

Hujumlarni “Al-Qoida” – özini islomiy “halifalik” degan mafkurasi bilan tanitgan guruh amalga oşirgani sababli ayrim mamlakatlarda musulmonlar va arablarga nisbatan islamofobiya, kamsitiş va nafrat jinoyatlari köpaydi. Bu esa terrorçilarning harakatlari bilan butun musulmon jamoalarini tenglaştiriş xavfini kuçaytirdi.

11 sentyabr hujumlarini “Al-Qoida” amalga oşirgani aniqlanganidan keyin ayrim jamiyatlarda terrorçilik bilan islom va musulmonlik örtasida notöğri boğliqlik paydo böldi. Oqibatda musulmonlar taşqi körinişi, ismi, kiyinişi yoki dini sababli şubha bilan qaraladigan holatlar köpaydi. Ayniqsa AQŞ va Yevropada hijob yoki römol öragan ayollar, arab yoki musulmon ismlariga ega bölgan odamlar bunday munosabatlarga köproq duç kela boşladi.

Eng ayançli oqibatlardan biri – musulmonlarga qarşi jismoniy hujumlar va nafrat jinoyatlarining köpayişi böldi. Ayrim holatlarda masjidlar, musulmonlarga tegişli dökonlar va jamoat markazlari hujumlarga uçradi. Odamlar esa köçada faqat musulmon bölgani yoki şunday köringani uçun haqorat qilingan yoki kaltaklangan holatlari ortdi.

Bu yerda yana bir oğriqli jihat bor: ayrim hujumlarda jinoyatçilar hujum qurbonlarining aynan musulmon ekanini ham bilmagan. Masalan, taşqi körinişi yoki teri rangi sababli sikhlar, hindlar va boşqa jamoalar vakillari ham musulmon deb qabul qilinib, hujumlarga uçragan.

Ommaviy axborot vositalarida terrorizm haqidagi xabarlar köpaygani sari ayrim auditoriyalarda musulmonlik bilan xavf tuşunçasi bir-biriga yaqinlaşib bordi. Musulmon terrorçi haqida xabar berilganda uning dini yoki kelib çiqişiga alohida urğu berilişi, boşqa terrorçilik harakatlarida esa bunday takidning kamroq bölişi jamoatçilik tasavvurini şakllantirişi mumkin edi. Şunday böldi ham.

Bu esa oddiy musulmonning “men terrorizmni qoralaşim kerak” degan holatga tuşib qolişiga olib keldi. Aslida terrorçilik harakati uçun butun bir din yoki milliardlab odamlarni javobgar qiliş mantiqan ham, axloqan ham notöğri edi. Şu bilan birga, hijob kiygan ayollar jamoat joyida özini yanada köproq nişonga aylanganday his qilgan holatlar ham kuzatil kun sayin ortib bordi. Ularning kiyimi bazan “ekstremizm” yoki “zulm” bilan asossiz ravişda boğlandi. Ayrim Yevropa mamlakatlarida esa hijob va boşqa diniy kiyimlar atrofida siyosiy bahslar kuçaydi. Musulmon ayollari esa bir vaqtning özida din, migratsiya, xavfsizlik va integratsiya haqidagi siyosiy bahslarning markaziga çiqib qoldi.

Mazkur jarayonlar içidagi eng katta muammolardan biri esa juda kiçik bir guruhning harakatlari butun din va uning izdoşlariga köçirilişi bölgandi. Dunyoda 2 milliardga yaqin (bazi manbalarda esa undan ham köp) musulmon bor. Ular turli davlatlarda yaşaydi, turli tillarda sözlaşadi va siyosiy qaraşlari ham har xil. “Al-Qoida”, keyinçalik IŞID kabi terrorçilik taşkilotlarining harakatlarini islomning özi bilan tenglaştiriş boşlanib ketdi.

Eng oğriqli paradoksal holat şu ediki, islom jamiyati bu teraktlar ortidan ommatan gumon va nafratga uçrab turgan köyida mazkur xunrezliklar va fitnalarning eng köp jabr körganlaridan edi.

Dunyoni titratgan bin Lodin özi kim?

Usoma bin Lodinni tuşuniş uçun uni faqat “11 sentyabr hujumlarini taşkil qilgan terrorçi” sifatida emas, balki qanday muhitda şakllangani, qanday ğoyalarga işongani va qanday qilib global terrorçilik tarmoğining yetakçisiga aylangani nuqtai nazaridan köriş kerak.

Usoma bin Muhammad bin Avvad bin Lodin 1957 yilda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida tuğilgandi. U juda katta va boy oilada ösib ulğaydi. Otasi Muhammad bin Lodin quriliş sohasida katta biznesga ega bölib, Saudiya qirollik oilasi bilan yaqin aloqalarga ega tadbirkor edi. Bin Lodin boy oilada tuğilganiga qaramay, keyinçalik özini asketik, diniy va jangari hayot tarziga bağişlagan şaxs sifatida namoyon qildi.

U şaxsiyati şakllanişida 1979 yilda Sovet Ittifoqining Afğonistonga bosqini hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgandi. 22 yoşli Bin Lodin Afğonistonda sovet qöşinlariga qarşi jang qilayotgan arab köngillilarini qöllab-quvvatlaşga kirişadi. Uning boyligi va aloqalari bu faoliyat uçun katta moliyaviy imkoniyat bergandi.

Afğonistonda u faqat jangçi emas, balki odamlarni jalb qiliş, mablağ töplaş va xalqaro tarmoq yaratiş qobiliyatiga ega taşkilotçi sifatida tanildi. Yoş tarğibotçi şu davrda Abdulla Azzam kabi radikal islomiy mafkura vakillari bilan yaqinlaşdi. Keyinçalik bu muhit “Al-Qoida”ning paydo bölişiga zamin yaratgandi.

Amerika nafrati

Bin Lodinning qaraşlarida AQŞ alohida örin tutgan. Sovet qöşinlari Afğonistondan çiqib ketganidan keyin u AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy va siyosiy tasirini asosiy duşman sifatida köra boşladi. Ayniqsa, 1990 yilda Iroq Kuvaytga bostirib kirganidan keyin Saudiya Arabistoniga AQŞ qöşinlarining joylaştirilişi uning noroziligini yanada kuçaytirgandi. Öşa vaqtlarda Bin Lodin AQŞ harbiylari muqaddas deb hisoblangan Saudiya hududida turganidan qattiq ğazablanardi.

Vaqt ötib uning AQŞga qarşi nafrati oddiy siyosiy norozilik darajasida qolmadi. Atrofida kuç töplanayotgan bin Lodin bu qaraşlarni ekstremistik mafkura bilan birlaştirib, tinç aholiga qarşi terrorçilikni oqlaşga ötdi.

Bin Lodinning şaxsiyatida eng xavfli jihatlardan biri – uning odamlarni muayyan ğoya atrofida birlaştira oliş qobiliyati edi. U özini oddiy siyosatçi yoki davlat rahbari sifatida emas, musulmonlarning “himoyaçisi” sifatida körsatişga harakat qilgan.

Uning tarğibotida bir neçta asosiy ğoya bor edi:
musulmon yerlariga taşqi aralaşuvga qarşi çiqiş;
AQŞ va Ğarbni musulmon dunyosidagi muammolarning asosiy sababi sifatida körsatiş;
musulmonlarni “ummat” sifatida birlaştiriş;
qurolli kuraşni siyosiy özgarişning asosiy vositasi sifatida talqin qiliş.

U aynan şu ğoyalar orqali turli mamlakatlardan odamlarni öz atrofiga jalb qilişga erişdi. U xarizmatik şaxs bölganmi? Ha, uning atrofidagilar uçun bin Lodin malum manoda xarizmatik lider bölgan. U oddiy kiyinişi, boyligini köz-köz qilmasligi, toğli hududlarda yaşaşi va özini şaxsiy manfaatlardan voz keçgan inson sifatida körsatişi orqali tarafdorlarida işonç uyğotgandi. Uning videomurojaatlari ham şu obrazni kuçaytirgandi. Uzun soqol, oddiy kiyim, avtomat yonida ötirgan holdagi çiqişlar – bularning barçasi uning tarafdorlari uçun maxsus obraz yaratgandi. Yangi lider bu körinişi va qatiyatli vazlari bilan qiziqqon va öz jamiyatlaridan qoniqmagan musulmon jamiyatini illyuziyalay boşlagandi.

“Neptun nayzasi” operatsiyasi

2011 yil 2 may kuni AQŞ maxsus kuçlari Pokistonning Abbotobod şahridagi yaşirin qarorgohga operatsiya ötkazib, bin Lodinni öldirdi. “Neptun nayzasi” (Operation Neptune Spear) deb atalgan bu operatsiyani AQŞ maxsus kuçlarining SEAL Team Six bölinmasi amalga oşirgan. Ular bin Lodin yaşiringan qarorgohga tungi reyd uyuştirib, uni öldirgan.

Qiziq jihati şundaki, operatsiya nomi “Neptun nayzasi” deb atalgan bölsa, bin Lodinning özi esa AQŞ hujjatlarida “Geronimo” kod nomi bilan belgilangandi. Operatsiya vaqtida maxsus kuçlar bin Lodin yaşiringan qarorgohga kirgaç, uning şaxsi aniqlanganini bildiriş uçun radioaloqada “Geronimo EKIA” degan xabar berilgan. Bu yerda EKIA – “enemy killed in action”, yani “duşman jangda öldirildi” degan manoni anglatadi.

“Geronimo” nomi esa amerikaliklar tomonidan maşhur apaçi qabilasi boşliği Jeronimo nomi bilan boğliq bölgani uçun bahslarga sabab bölgan. Çunki tarixiy Jeronimo AQŞga qarşi kuraşgan mahalliy amerikaliklar yetakçisi edi. Yani özlaridan çiqqan “duşman”. Bu esa turli konspirologik, balki asossiz körinsada dalillar ortidan haqiqatga yöğriladigan gap-sözlarni yanada jonlantirgandi.

Ha, butun dunyoni yoş bolalardek tipirçilatib, “panika”ga tuşirib qöygan liderning sarguzaştlariga nuqta qöyildi. Qiziği şundaki, u Afğoniston toğlarida emas, balki Pokistonda, poytaxt Islomoboddan unça uzoq bölmagan hududda yaşiringan edi.

Bin Lodin şaxsiyatining eng muhim saboği şundaki, terrorçilik harakatlarini faqat uning yetakçisining şaxsiy xarakteri bilan tuşuntirib bölmaydi. Uning paydo bölişiga Afğoniston uruşi, Yaqin Şarqdagi siyosiy mojarolar, radikal mafkura, geosiyosiy raqobat va xalqaro siyosatdagi ziddiyatlar kabi köplab omillar tasir qilgandi. Bin Lodin esa şu omillarni özining ekstremistik dunyoqaraşi va taşkilotçilik qobiliyati bilan birlaştirib, tarixdagi eng maşhur va halokatli terrorçilik tarmoqlaridan birini şakllantirdi.

Bin Lodin aslida nimani maqsad qilgandi?

“The Guardian” naşrining tahlilçisiga köra, bin Lodinning asosiy maqsadi AQŞni Yaqin Şarqdan çiqib ketişga majburlaş bölgan. U Vaşingtonning iqtisodiy jihatdan zaiflaşişi oqibatida Amerika mintaqaga aralaşuvini töxtatadi, deb hisoblagan.

Bin Lodin 2004 yilda “Al-Qoida” AQŞni iqtisodiy jihatdan “qonatib, bankrotlikkaça olib borayotgani” haqida aytgan. Uning hisob-kitobiga köra, taşkilotning AQŞga qarşi hujumlari Vaşingtonga sarflangan mablağdan ança katta iqtisodiy zarar keltirişi kerak edi. Ammo bu reja amalga oşmadi. 11 sentyabrdan keyin AQŞda yana bir şunga öxşaş yirik hujum sodir bölmadi, mamlakat Sovet Ittifoqi kabi iqtisodiy tanazzulga uçramadi va AQŞ Yaqin Şarqdagi harbiy hamda siyosiy iştirokini töxtatmadi.

Bin Lodinning yana bir maqsadi AQŞning mintaqa davlatlari rahbarlarini qöllab-quvvatlaşini tugatiş edi. Keyingi yillarda ayrim rahbarlar hokimiyatdan ketgan bölsa-da, ularning ağdarilişi bin Lodin yoki “Al-Qoida” faoliyati natijasida sodir bölmagandi.

Jumladan, Liviya rahbari Muammar Qaddofiy Ğarb qöllab-quvvatlagan isyonçilar tomonidan ağdarildi, Iroq prezidenti bölgan Saddam Husayn AQŞ harbiy amaliyoti natijasida hokimiyatdan çetlatildi. Suriyadagi Asadlar sulolasi hokimiyati esa “Al-Qoida”ning sobiq azosi bölgan, ammo keyinçalik taşkilot mafkurasidan voz keçgan şaxs boşçiligidagi kuçlar harakati natijasida tugadi.

Bin Lodinning yana bir muhim maqsadi tarğibot edi. U 11 sentyabr kabi hujumlar orqali musulmonlarni radikallaştiriş, yangi tarafdorlar jalb qiliş va jamiyatlarni bölib taşlaşni közlagandi.

Biroq “Al-Qoida”ga nisbatan qöllab-quvvatlaş 2001 yildan keyin qisqa muddat oşganidan söng tez pasaygan. Bin Lodin esa 2011 yilda AQŞ maxsus kuçlari tomonidan Pokistonda öldirilişidan oldin taşkilotning obrösi musulmon dunyosida köplab musulmonlarning ölimiga sabab bölayotgani uçun jiddiy tanqid qilinganini anglagan. Uning vorisi Ayman az-Zavohiriy ham global qözğolon ğoyasidan voz keçib, mahalliy maqsadlarga etibor qaratiş strategiyasiga ötgan.

2014 yilda Iroq va Suriyada “Islomiy davlat” (IŞID) guruhi AQŞning Iroqqa bosqinidan keyingi beqarorlik va mazhablararo ziddiyatlardan foydalanib, öz “xalifaligi”ni barpo etdi. Biroq bu tuzilma ham 2019 yilga kelib özining hududiy nazoratini yöqotdi.

Hozir “Al-Qoida” va IŞIDga aloqador ayrim mayda guruhlar asosan Afrikadagi beqaror hududlarda faoliyat yuritmoqda. Ular Somali va Mali kabi davlatlarda zaif hokimiyat, qaşşoqlik va ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanib, öz tasirini saqlab qolmoqda. Şu bilan birga, uşbu guruhlarning bugungi imkoniyatlari 2001 yilda bin Lodin boşqargan “Al-Qoida” bilan teng emas.

Dunyo hamjamiyati bin Lodin mafkurasi tasirida yangi hujumlar hali ham sodir bölişi mumkinligini takidlaydi. Ekspertlar “Al-Qoida”ning hanuz mavjudligi bin Lodin uçun malum manoda yutuq bölişi mumkin bölsa-da, buni uning strategik ğalabasi deb ataş mumkin emas, degan xulosaga keladi.

Xulosa

11 sentyabr – tarixda faqat qariyb 3 ming insonning hayotiga zomin bölgan terrorçilik hujumi sifatida emas, balki butun dunyodagi siyosiy jarayonlarni özgartirgan voqea sifatida qoldi. Öşa kuni AQŞda vayron bölgan binolar bilan birga xavfsizlik, terrorizm, uruş va xalqaro munosabatlar haqidagi tasavvurlar ham özgardi.

Bin Lodin va “Al-Qoida” AQŞni Yaqin Şarqdan siqib çiqariş, uni iqtisodiy va siyosiy jihatdan zaiflaştiriş hamda musulmon dunyosida keng qözğolon keltirib çiqarişni közlagan edi. Biroq bu maqsadlar amalga oşmadi. Buning oqibatida, aksinça, “Al-Qoida”ning tasiri susaydi, bin Lodin 2011 yilda öldirildi va taşkilot global miqyosda avvalgi qudratini tiklay olmadi.

Şu bilan birga, 11 sentyabrdan keyingi javobning özi ham ulkan oqibatlarni keltirib çiqardi. Afğonistondagi 20 yillik uruş, Iroqdagi bosqin, minglab insonlarning halok bölişi, Guantanamo qamoqxonasi, qiynoqlar, ommaviy kuzatuv va fuqarolik erkinliklarining çeklanişi AQŞning özida ham, xalqaro maydonda ham oğir bahslarga sabab böldi.

Mazkur hikoyaning yana bir oğriqli merosi esa terrorçilarning jinoyati butun musulmon jamoalariga köçirilgani bölgandi. Fojia ortidan oddiy musulmonlar ham nafrat, kamsitiş va şubhaga duç kelardi, islomofobiya esa ayrim holatlarda siyosiy qurolga ham aylangandi.

Ha, mana şunday kunlardan ötib kelmoqda bu hamjamiyat. Oradan 25 yil ötgan bölsa ham, 11 sentyabr qurbonlarining xotirasi, u kundan keyin boşlangan uruşlar va jamiyatlarda paydo bölgan bölinişlar hanuz öz ahamiyatini yöqotmagan. Mana şular sababdirki, bizdan minglab kilometr uzoqda sodir bölgan terakt hanuz eslanmoqda.

Balki bu sananing eng muhim savoli ham şudir: terrorizmga qarşi kuraşar ekan, dunyo özini himoya qiliş bilan birga qanday qilib adolat, inson huquqlari va tinçlikni ham saqlab qolişi mumkin?
Terror nomiga turli fitnalar ortidan yopiştirilgan islom nomi qaçon dunyoda asl manosida – tinçlik sözi bilan boğlab anglanar ekan?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: