USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qarşida yoş bolalarni bosib ketişiga oz qolgan “avtoterrorçi” qamaldi

108 марта
Қаршида ёш болаларни босиб кетишига оз қолган “автотеррорчи” қамалди

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida Damas avtomaşinasini haydovçilik guvohnomasisiz boşqargan va köp qavatli uylar oralab yuqori tezlikda harakatlanib, voyaga yetmaganlar hayotini xavf ostiga qöygan haydovçi uşlangani xabar qilingan edi. Haydovçiga nisbatan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, haydovçi Damas avtomaşinasini boşqariş huquqiga ega bölmagan holda harakatlangan va köp qavatli uylar oralab yuqori tezlikda yurib, voyaga yetmaganlar hayotini xavf ostiga qöygan.

Sudda haydovçi qilgan işidan puşaymonligini bildirgan va tavakkal qilib avtomaşinani boşqarganini aytgan.

“Hammadan uzr sörayman. Qilgan işim xato ekanini ham tuşunib yetdim. Heç kimga tavsiya bermayman. Boşqariş huquqiga ega bölgandan keyin boşqarişni tavsiya qilaman. Bir marta adaşib, yoşlik qilib qöydim, uzr sörayman. Özimga kerakli xulosa çiqarib oldim”, deydi haydovçi.

Sud qaroriga köra, unga Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi, 125-moddasining (transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş) 5-qismi, 128-5-moddasining (transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi, yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga çiqişi) 2-qismi hamda 128-10-moddasining (yöl bezoriligi) 2-qismi bilan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatida ota voyaga yetmagan 11 yoşli farzandiga avtomobilni boşqarişga bergani xabar qilingandi. Transport vositasini boşqariş huquqiga ega bölmagan şaxsga avtomobilni bamaylixotir topşirgan otaga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: