Rossiyadagi dahşatli YTHda 3 kişining ölimiga sabab bölgan özbekistonlik qamaldi
Ufaning Oktyabr tuman sudi 12 ta avtomobil iştirokida uç kişining ölimiga olib kelgan yöl-transport hodisasi sodir etgan 28 yoşli özbekistonlik samosval haydovçisini töqqiz yilga manzil-koloniyada jazo ötaşga hukm qildi. Bu haqda Başqiriston prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Qayd etilişiça, u haydovçilik huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan yöl harakati qoidalarini buziş, ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq kişining ölimiga sabab bölişda aybdor deb topilgan (Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 6-qismi “v” bandi).
Malum bölişiça, 2025 yilning oktyabr oyida sudlanuvçi yuk avtomobilini boşqariş böyiça haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan holda noqonuniy ravişda yuk taşigan. Avtomobil tormoz tizimida nosozlik bölib, u buni tekşirib körmagan. U taşilayotgan yuk vaznini oşirib yuborgan, özi boşqarayotgan transportning xususiyatlari va holatini, yöl şaroitini hisobga olmagan va ruxsat etilgan harakat tezligini oşirgan.
Sudlanuvçi oğir yuk transporti boşqaruvini yöqotib, Ufa şossesi va Çudskaya köçalari kesişmasidagi tartibga solinadigan çorrahaga yaqinlaşganda bir yönalişdagi 12 ta avtomobil bilan töqnaşgan. Ommaviy avariyada uç kişi halok bölgan, bir nafar yölovçining soğliğiga oğir zarar yetgan.
Sud unga jazo muddatini ötab bölganidan keyin yana uç yil davomida transport vositalarini boşqariş bilan şuğullanişni taqiqlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Respublikasining Qizilörda viloyatida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida 3 özbekistonlik halok bölgani haqida xabar berilgan edi.