USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turğunovga berilgan jazo etirozlarga sabab böldi. Toşkent şahar sudlari izoh berdi

309 марта
Турғуновга берилган жазо эътирозларга сабаб бўлди. Тошкент шаҳар судлари изоҳ берди

Avvalroq, BMW bilan yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan Doniyor Törğunov 2 yildan ortiqroq vaqtga qamalgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan tayinlangan jazo turli muhokamalarga sabab bölgandi, şuningdek, marhum inspektor Xosilbek Eşnazarovning otasi ham Doniyor Törğunovga berilgan jazo muddati kamligini bildirib çiqqandi. Mazkur hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati izoh berdi.

“Qonun ustuvor bölgan jamiyatda jinoyatga jazo muqarrar. Jazoning asosiy maqsadi esa bilib-bilmay jinoyatga qöl urgan şaxslarni axloqan tuzatiş va tarbiyalaşdir. Jazodan maqsad qasos oliş yoki azob beriş emas, balki jinoyat sodir etgan şaxsni jamiyatga soğlom azo sifatida qaytariş hisoblanadi”, deyiladi Toşkent şahar sudlari izohida.

Bildirilişiça, qonunçilikda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat işlarini sudda körib çiqiş va ularga jazo tayinlaş masalalari alohida tartibga solingan. Xususan, voyaga yetmaganlarga oid jinoyat işlari yopiq sud majlislarida körib çiqiladi. Ozodlikdan mahrum etiş jazosi esa Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qiliş) asosida tayinlanadi. Bunda jazo umumiy koloniyalarda emas, balki alohida tarbiya koloniyalarida ötaladi.

“Qonunçilikdagi mazkur normalar bejiz emas. Çunki voyaga yetmaganlar ruhiy, fiziologik va ijtimoiy jihatdan hali töliq şakllanmagan böladi. Qayd etilgan huquqiy tartiblar jazodan maqsad qayta tarbiyalaş ekanini yana bir bor körsatadi”, deyiladi munosabatda.

Bundan taşqari, izohda sud tomonidan jinoyat işidagi har bir holat çuqur tahlil qilinib, şundan söng qaror qabul qilinişi takidlangan.

Jumladan, Törğunovga jazo tayinlaşda uning maktab öquvçisi ekani, jinoyat sodir etilgan paytda hali 16 yoşga tölmagani, şuningdek, uni axloqan tuzatiş, qayta tarbiyalaş va yangi jinoyatlar sodir etişining oldini oliş kabi omillar etiborga olingani bildirilgan.

“Jinoyat huquqida voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tizimi insonparvarlik tamoyillariga asoslangan”, deyiladi izohda.

Şuningdek, munosabatda mazkur jinoyat natijasida bevaqt halok bölgan yöl-patrul xodimining fidoyiligi yoş avlodga ibrat bölişi, voyaga yetmagan şaxsning qilmişi esa nafaqat uning özi, balki ota-onalar uçun ham aççiq saboq ekanini qayd etgan.

Yakunda esa hukm hali qonuniy kuçga kirmagani takidlangan. Taraflarning unga nisbatan şikoyat beriş huquqi qonun bilan kafolatlangan. Agar hukm yuzasidan taraflardan şikoyat tuşsa, iş yuqori sud instantsiyasida belgilangan tartibda körib çiqilib, unga huquqiy baho beriladi.

Özi nima bölgan edi?

Joriy yilning 25 fevral kuni Toşkent şahrida soat 21:46 da 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi Doniyor Turğunov BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.

Keyinroq, 3 kun davomida şifokorlar nazoratida bölgan içki işlar organi xodimi körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Uşbu xodimning oila azolari davlat muhofazasiga olinişi belgilandi.

Joriy yilning mart oyida boşida inspektorni urib ketgan ösmir Doniyor Turğunov qamoqqa olingani malum böldi. Jinoyat işi doirasida Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida jalb etilgani xabar qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: