USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq mansabdorlar Alişer Ğaniyev va Yunusjon Nasimjonovning işi sudda köriladi

238 марта
Собиқ мансабдорлар Алишер Ғаниев ва Юнусжон Насимжоновнинг иши судда кўрилади

Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Toşkent şahar boşqarmasi boşliği örinbosari Alişer Abduvaliyeviç Ğaniyev va Toşkent şahar soliq boşqarmasining sobiq boşliği Yunusjon Nasimjonovga nisbatan jinoiy iş qözğatilgani va iş sudga oşirilgani malum böldi. Bu haqda sud materiallarida malum qilingan.

Mazkur sud bugun, 21 sentyabrda bölib ötişi qayd etilgan.

Toşkent şahar soliq boşqarmasining sobiq boşliği Yunusjon Nasimjonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi “a” bandi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205-modda 2-qismi “a” bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

U 2021−2026 yillarda Toşkent şahar soliq boşqarmasiga rahbarlik qilgandi. Biroq Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda Toşkent şahri soliq idoralarini tanqid qilgan va qator rahbarlarini işdan olgandi. Jumladan, poytaxt boşqarmasi rahbari Yunusjon Nasimjonov ham lavozimidan çetlatilgandi. 

Boş prokuratura Departamentining Toşkent şahar boşqarmasi boşliği örinbosari Alişer Ğaniyev esa Jinoyat kodeksining 205-modda 2-qismi “a” bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş), 223-modda 2-qismi “v” va “g” bandi (Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş, qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) bilan ayblanmoqda.

Eslatib ötamiz, mazkur ikki sobiq mansabdor bölgan sudlanuvçilar Prezident tomonidan 27 yanvarda bölib ötgan yiğilişda işdan böşatilgandi. Şavkat Mirziyoyev yiğilişda Soliq qömitasi raisiga Toşkent şahridagi barça tuman soliq inspektsiyalarining boşliqlarini işdan olib, vazifasini bajaruvçi qilib qöyişni topşirgandi. 

Yiğilişda Şayxontohur tumani soliq inspektsiyasi boşliği X. Mullajonov va Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliği Nasimjanovni işdan oliş, faoliyatini örganib, qonun ustuvorligini taminlaş topşirilgandi. 

Şuningdek, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning şahar boşqarmasi boşliği örinbosari bölgan Alişer Ğaniyevga qöştirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qoçişda yöl körsatib yurganlik ayblovi qöyilgandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: