USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qibraydagi daladan 10 mln dollarlik “gaşiş” topildi

98 марта
Қибрайдаги даладан 10 млн долларлик “гашиш” топилди

Toşkent viloyatining Qibray tumanida daraxtlar orasiga yaşirilgan 95 kilogrammga yaqin “gaşiş” giyohvandlik vositasi aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, Bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari DXX bilan hamkorlikda Qibray tumanida tezkor tadbir ötkazgan. Tadbir davomida dala maydonidagi daraxtlar orasiga yaşirilgan 4 ta xöjalik qopi aniqlangan. Qoplar içida jami 109 ta öram bölib, ulardagi modda Bojxona qömitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga köra, salkam 95 kilogramm “gaşiş” ekani tasdiqlangan.

Şundan söng, mazkur hudud giyohvandlik vositasini olib ketiş uçun kelişi mumkin bölgan şaxslarni aniqlaş maqsadida kuzatuvga olingan. Oradan 8 kun ötib, giyohvandlik vositasini olib ketiş uçun hududga kelgan ikki nafar fuqaro qölga olingan.

Tergov harakatlari davomida giyohvandlik vositasini uşbu joyga yaşirib ketiş va keyinçalik olib ketiş haqida topşiriq bergan şaxs ham aniqlanib, uşlangan.

Malum qilinişiça, mazkur jinoyatni taşkil qilgan şaxs avval ham benzin kontrabandasi bilan boğliq jinoyat sodir etgani uçun Bojxona qömitasi tomonidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Bojxona qömitasining Suriştiruv va mamuriy amaliyot boşqarmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov organiga yuborilgan.

“Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati, oxirgi istemolçigaça yetib borgan taqdirda, 10 million AQŞ dollaridan oşişi mumkin edi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tailanddan Özbekistonga 7,5 kg kilogrammdan ortiq narkotik moddalarni olib kiriş va tarqatişga uriniş aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: