Toşkentda mototsikl iştirokida YTH sodir böldi. Haydovçi halok böldi
Toşkent şahri Mirobod tumanida mototsikl, GAZ va KIA K5 iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölib, oqibatda mototsikl haydovçisi halok böldi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsiziligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 25 sentyabr kuni soat 22:45 da Kiçik halqa avtomobil yölining 83-maktab qarşisidagi qismida yuz bergan.
Malum qilinişiça, 2005 yilda tuğilgan J. Ş. mototransport vositasini boşqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamagan va özi bilan bir yönalişda harakatlangan 1994 yilda tuğilgan T. L. boşqaruvidagi GAZ-5312 rusumli transport vositasiga borib urilgan.
Töqnaşuv oqibatida mototsikl haydovçisi boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan 2001 yilda tuğilgan Ş. S. boşqaruvidagi KIA K5 avtomobili bilan ham töqnaşgan.
Hodisa oqibatida mototsikl haydovçisiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Biroq u şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida velosipedçi va Gentra avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgandi.