Cobalt’da 41 kg “opiy” olib ketayotgan şaxs qölga tuşdi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 41 kilodan ortiq “opiy”ga öxşaş modda aniqlanib, uni olib ketişga kelgan bir neça şaxs uşlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat “Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinçi bosqiçi doirasida joriy yilning 21 avgust kuni aniqlangan. Viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati, Jinoyat-qidiruv boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Denov tumani IIB masullari tomonidan olingan tezkor malumot asosida tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Toşkent viloyatidan Denov tumani tomon harakatlanayotgan Cobalt töxtatilib, közdan keçirilgan. Avtomobilda maxsus joylangan 41 dona öram aniqlangan. Ularning umumiy oğirligi 41 kilodan ortiq bölib, içidagi modda “opiy”ga öxşaş ekani malum bölgan.
Şundan söng, tezkor tadbir nazorat ostida yetkazib beriş usulida davom ettirilgan. Mazkur moddalarni olib ketiş uçun kelgan bir neça şaxs, jumladan, ularni gaz ballonidan kesib oliş uçun “bolgarka” bilan kelgan şaxs ham qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Sergeli tumanida giyohvandlik vositalarini tayyorlaş bilan şuğullangan 22 yoşli şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.