USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Oyoğim qaltirar edi”. Fuqarolar ustozlarini qanday eslaşadi?

101 марта
“Оёғим қалтирар эди”. Фуқаролар устозларини қандай эслашади?

1 oktyabr qaysi soha vakillariga bağişlangan kun ekanini köpçilik yaxşi biladi. Bugun biz har yili takrorlanadigan “ustozlarni qadrlaş, ezozlaş” haqida gapirmoqçi emasmiz. Har holda öqituvçi va murabbiylar faqat bir kungina hurmatda bölmasligi kerakligini köpçilik tuşungan. Töğri, maktablarda hamon janjallar, hurmatsizlik holatlari ham kuzatilib turibdi. Ammo hozir ular haqida emas, özbekistonliklarning ustozlar bilan boğliq xotiralarini esga olmoqçimiz. Qalampir.uz jamoasi fuqarolar örtasida sörovnoma ötkazdi.

“Eng qattiqqöl öqituvçingiz kim bölgan?” degan savolga javob hammada turliça. Biroq öxşaşliklar ham yöq emas. Biz mikrofon tutgan yölovçilarning ayrimlari köproq aniq fanlardan dars bergan ustozlarini esladi.

“Matematika öqituvçisi bölgan. Ismini ayta olmayman, çunki hozir ham qörqaman (kuladi). Oçiği, yoşlikda kamdan-kam dars qilardik. Öşa paytda rosa urardilar. Şuning uçun qoçib, ularning darslariga kirmasdik”, deydi suhbatdoşlardan biri.

Yana bir yölovçi esa “Şohimqulov Komil ustoz eng qattiqqöl bölganlar, kimyo fanidan dars berardi. Juda qörqardik. Hatto sinf rahbarimiz ham zir qaltirab turardilar”, deya maktab paytini esladi.

Maktabni bitirganiga uç yil bölgan qiz esa, qattiqqölliklar bazida öziga xos jazo bilan tugaganini aytdi.

“Qattiqqöl ustozlarimiz köp bölgan. Ona tili ustozimiz rosa köp urişardi. Darsda jim ötirmaganimizda, aytganlarini qilmaganimizda mel otgan paytlari ham bölgan (kuladi)”, deydi u.

Keyingi savolimiz esa “Öqituvçilaringizning qaysi tanbehi yoki gaplari yodingizda qolgan?” böldi. Javoblar qatorida esa köpçilik “menga ham şunday deyişgan” deb öylaşi mumkin bölgan maşhur gaplar ham bor.

“Menga eng köp “sen odam bölmaysan” deyişgan, lekin Xudoga şukur, mana, işlab yuribmiz, hammasi joyida. Ustozlarga rahmatlarim bor. Institutga kirdik şu öqituvçilarimiz orqasidan”, deydi sörovnoma iştirokçilaridan biri.

Yana bir fuqaro esa, ustozlarining ögitlari bugun hayotida sodir bölayotganini tuşunganini aytdi.

“Boşida qanday boşlasang, oxirida ham şunday tugatasan degan gapi bor edi, birinçi sinf muallimimizning. Hozir ham şuni kuzatib yuribman, hayot şunday ketyapti. Qanday boşlasak, oxirigaça şunday ketadi. “Vaqt tez ötib ketadi, bilmay qolasizlar” derdilar. Rostdan ham vaqt tez ötib ketar ekan. Katta bölib, tuşunib yetyapmiz sekin-sekin”, deydi u.

Mikrofon kötarib, Toşkent köçalari böylab yurarkanmiz, biz duç kelgan fuqarolarga “Agar imkon bölganida qaysi ustozingizning darsiga kirgan bölar edingiz?” degan navbatdagi savolni berdik.

“Birinçi bölib matematika, algebra faniga kirgan bölardim”, deydi bu savolga birinçi bölib javob bergan yölovçi.

“Çunki, özim aniq fanlarni yaxşi köraman. Özimizning sinf rahbarimiz, ona tili va adabiyot öqituvçimizning darslariga ham albatta kirgan bölardim. Juda yaxşi edilar, qattiqqöl emasdilar. Bazi joyda qattiqqöl ham bölganlar, lekin baribir muomalalari boşqaça edi. Bizga bergan tarbiyalari zör bölgan, yaxşi öqituvçi”, deya fikrini tugatdi u.

Navbatdagi suhbatdoşimiz ona tili ustozini hammadan ustun körişini bildirdi.

“Ona tili öqituvçimning darsiga kirar edim faqat. Sababi, menga tilimni, öz ona tilimni ular örgatgan. Barça fanlar, masalan, tarix böladimi, matematika böladimi, kimyo böladimi ularni örganiş uçun yoziş va öqişni biliş kerak. Öşa yozişni, öqişni örgatganligi uçun ona tili ustozimga hurmatim boşqaça”, deydi u.

Batafsil YouTube sahifamizda tomoşa qilişingiz mumkin.

Muxlisa Oripova

Изоҳ қолдириш

    • Ислам 2 Oktyabr 2026 00:23
      Кимга кандай билмадиму, хозирги кунда иш топмаган бекорчи булса Блогерлик билан шугалланиб бошлади, шу тоифадагиларнинг 89 физики укитувчиси одам булмайсан деб айтган укувчилар ташкил килади. Сабаби уларнинг купчилигида на билим, на савия, на акл, на фаросат бор. Этика ва эстетик маданият хакида гапирмаса хам булади. Кискаси иш топмаган бекорчи булса у хозир Блогер.

Мавзуга алоқадор: