Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,988 söm ▼ EUR: 13,115 söm ▼ RUB: 145 söm ▼ GBP: 15,656 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,264 söm ▼ USD: 11,988 söm ▼ EUR: 13,115 söm ▼ RUB: 145 söm ▼ GBP: 15,656 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,264 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olqiş va uyat orasida: biz blogerni emas, özimizni körsatdik

267 марта
Olqiş va uyat orasida: biz blogerni emas, özimizni körsatdik

Dunyodagi eng maşhur yutuber MrBeast Özbekistonga keldi. Uning taşrifi mamlakat turizmini dunyoga tanitiş uçun katta imkoniyat sifatida taqdim etildi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda boşqa manzara közga taşlandi: bir-birini itarib, bir-birining ustiga çiqib, bitta maşina ortidan yugurayotgan olomon.

Bunday qiziqişni hatto MrBeastning özi ham kam körgan bölsa kerak. Lekin savol tuğiladi: bu samimiy mehr-muhabbatmi yoki özimizni yöqotib qöyişmi?
Çetdan qaraganda

Biz bu kadrlarni içkaridan turib «qiziqiş», «hayajon» deb oqlaşimiz mumkin. Ammo ularni millionlab xorijlik tomoşabin ham köradi. Ular uçun bu videolar Özbekistonning tarixiy şaharlari yoki mehmondöstligini emas, balki bitta odamni köriş uçun öz qadr-qimmatini unutgan olomonni körsatadi. Turizm imijini kötariş uçun uyuştirilgan taşrif şu tariqa teskari tasir qilişi mumkin.
Eng açinarlisi — bunday töpolonda kimdir yiqilişi, bolalar oyoq ostida qolişi, maşina ğildiragi ostiga tuşib ketişi heç gap emas. Bitta selfi yoki bir soniyali köriniş inson soğliğiga arzimaydi.

Xorazmda takrorlanmasin

Aytilişiça, maşhur bloger Xorazmga ham kelişi mumkin. Agar bu rost bölsa, Xiva va Urganç köçalarida ham şunday manzara takrorlanmasligi kerak. Xorazm azaldan mehmondöstligi, vazminligi va madaniyati bilan tanilgan yurt. Mehmonni hurmat bilan kutib oliş boşqa, uning ortidan olomon bölib yuguriş boşqa.

— ota-onalar farzandlarini xavfli töpolonlardan ehtiyot qilişi;
— taşkilotçilar va tegişli idoralar ommaviy töplanişlar xavfsizligini oldindan rejalaştirişi;
— yoşlar esa «trendda böliş» va «bir kadr oliş» uçun öz obrösi va soğliğini xavf ostiga qöymasligi lozim.

Dunyo bizni qanday körişi bizning özimizga boğliq. MrBeast bir-ikki kun bölib ketadi, ammo uning kamerasida qolgan kadrlar yillar davomida millionlab odamlar tomonidan tomoşa qilinadi. Öşa kadrlarda biz madaniyatli, mehmondöst va öz qadrini biladigan xalq sifatida qolaylik.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 12 Oktyabr 2026 11:50
      Ex soddamiz rosa bu blogerni bekorga olib kelishmadi buni tagida boshqa narsa bor yana qish oldi keldi yaxshimas, nimalarnidir narxi yana oshadi. Chalg'imaymiz.

Мавзуга алоқадор: