USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Janubiy Koreyada özbekistonlik talaba qariyb 1,5 yilga qamaldi

91 марта
Жанубий Кореяда ўзбекистонлик талаба қарийб 1,5 йилга қамалди

Janubiy Koreyada Suriyadagi terrorçilik taşkilotini moliyalaştirgan özbekistonlik talaba 1 yil-u 4 oyga qamaldi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Özbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga universitet qoşidagi til markazida tahsil oliş uçun D-4-1 vizasi bilan kelgan va mamlakatda talaba sifatida yaşab kelgan. Şu vaqt davomida u BMT tomonidan terrorçilik taşkiloti deb belgilangan KTJ (Katiba at-Tavhid val-Jihod) guruhi azosi bilan aloqaga çiqqan.

Sud malumotlariga köra, u 2024 yil yanvaridan 2025 yil yanvarigaça terrorçilik taşkiloti azosi körsatgan hisob raqamiga olti marta pul ötkazgan. Jami yuborilgan mablağ 1,25 million vonni taşkil etgan.

Bundan taşqari, taşkilot azosi undan Janubiy Koreyada yaşovçi boşqa bir şaxs yuboradigan pulni qabul qilib, Suriyaga jönatişda yordam berişni söragan. Ayblanuvçi bu mablağni qabul qilişga uringan, biroq pulni oliş amalga oşmagan.

Sud ayblanuvçining terrorçilik taşkilotini moliyalaştirayotganini bilgan holda pul yuborganini va uning faoliyatini qöllab-quvvatlaganini bildirgan. Sudya bunday mablağlar terrorçilik taşkilotining faoliyatini davom ettirişi uçun muhim ekanini, pul miqdoridan qati nazar, bu harakatlar xalqaro tinçlik, davlat va jamoat xavfsizligiga tahdid solişini aytgan.

Şu bilan birga, sud ayblanuvçining qilmişini tan olganini jazo tayinlaşda inobatga olgan. Unga 1 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlanib, 1,25 million von miqdoridagi mablağni undiriş haqida ham qaror çiqarilgan.

Malumot uçun, KTJ 2014 yil dekabr oyida taşkil etilgan ekstremistik guruh hisoblanadi. U 2015 yil sentyabr oyida Suriyaning Al-Fua hududida sodir etilgan avtomobil portlaşi, 2016 yil avgustda Qirğizistondagi Xitoy elçixonasiga uyuştirilgan xudkuşlik hujumi hamda 2017 yil aprel oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi metroda sodir etilgan portlaş ortida turganlikda gumon qilingan.

Taşkilot azosi ayblanuvçiga özini ham Özbekiston fuqarosi deb taniştirgan. Şuningdek, KTJ Suriyadagi hukumat qöşinlari va Rossiyaga qarşi jang olib borayotganini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok şahrida erkakni beysbol tayoqçasi bilan urib, oğir jarohat yetkazgan Özbekiston fuqarosi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: