USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Banklarni sanatsiya qiliş böyiça yangi tartib joriy etildi

66 марта
Банкларни санация қилиш бўйича янги тартиб жорий этилди

Özbekistonda banklarni sanatsiya qiliş tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi keça, 16 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazgan “Banklarni sanatsiya qiliş tartib-taomillarini amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi idoraviy hujjatda belgilangan.

Mazkur hujjat “Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş töğrisida”gi Qonun ijrosini taminlaş maqsadida qabul qilingan. Hujjat omonatçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, bank xizmatlarining uzluksizligini taminlaş hamda banklar faoliyatidagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etişga qaratilgan.

Banklarni sanatsiya qiliş nima?

Bu moliyaviy muammoga duç kelgan bankning muhim xizmatlarini saqlab qoliş va moliyaviy barqarorlikni taminlaş uçun amalga oşiriladigan maxsus çora-tadbirlardir. Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda quyidagi uçta asosiy vosita qöllaniladi:

Aktivlar va majburiyatlarni ötkaziş (sotiş) – bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan, kreditlari va omonatlarini boşqa bankka ötkaziş;

Oraliq bankni taşkil etiş – bankning muhim xizmatlarini davom ettiriş uçun ikki yilgaça faoliyat yurituvçi vaqtinçalik bank taşkil qiliş;

Hisobdan çiqariş va (yoki) konvertatsiya qiliş – bank zararlarini qoplaş uçun uning kapitali va ayrim majburiyatlarini kamaytiriş yoki aktsiyalarga aylantiriş.

Omonatçilar uçun qanday kafolatlar nazarda tutilgan?

Kafolatlangan omonatlar, şu jumladan, ularning kafolatlaş çegarasidan oşadigan qismi hisobdan çiqarilmaydi yoki aktsiyalarga aylantirilmaydi. Omonatlar boşqa bankka ötkazilganda, omonatçilar bilan yangi bank hisobvaraği şartnomasini tuziş talab etilmaydi. Bankning aktivlari va majburiyatlari boşqa bankka yoki oraliq bankka ötkazilganda, bank xizmatlarining uzluksizligini taminlaş çoralari köriladi.

Bankning zararlari birinçi navbatda aktsiyadorlar hisobidan qoplanadi. Şuningdek, sanatsiya jarayonida bankni boşqariş uçun maxsus boşqaruvçi tayinlanişi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.

Bankni sanatsiya qiliş töğrisidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida elon qilinadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: