USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Öz opasini öldirib, 7 kun gilam içida saqlagan ukaga hukm öqildi

3 774 марта
Öz opasini öldirib, 7 kun gilam içida saqlagan ukaga hukm öqildi 

Holat 14-fevral kuni Toşkent viloyati Çinoz tumanida sodir bölgan. Uka öz opasini öldirgani haqida döstlariga telefon qilib aytgan. Döstlari hazillaşyapti, deb öylab, uning uyiga kelgan. Biroq rostdan u opasini öldirib qöygan bölgan. Şundan söng ular IIB xodimlariga xabar bergan.

Marhuma 1995-yilda, ukasi esa 1999-yilda tuğilgan. Uning qöşnilari murda bir hafta uyning balkonida saqlanganini aytgan. Yigit opasini piçoqlab öldirgaç, murdani gilamga örab qöygan. 

Qöşnilarning sözlariga köra, yigit ham, ularning onasi ham yaxşi xulqli bölgan. Marhuma ayol 2 farzandi bilan ajraşib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yaşagan. Ukaning sözlariga köra, janjal kredit sabab kelib çiqqan. 
“Kreditdan kelib çiqqan edi. Holat sababi tarbiya bölmaganidan. Otamiz bölmagan. Opam asabiy edi. Köpinça u darajagaça bormay yaraşib ketardik. Oxirgi marta kreditga pul tölamay ötkazib yuboraverayotgandi. Men pul ötkazdim.


Tunda xonamga piçoq bilan keldi. Piçoqni menga qaratdi-da qöli payigaça kesilib ketdi. Qonni körganimdan keyin özimni boşqarolmay qoldim. Şok holatida edim. Murdasini körganimdan keyin tuşunyapmanki opamni öldirib qöydim. Özimga kelolmaganim sababli xonamdan balkonga olib çiqib qöydim.

Qilgan işimdan juda puşaymonman. Şu paytgaça bir birimizni quçoqlamaganmiz ham. Ayamga köpinça jinnixonaga körsataylik, derdim. Ayam şarmanda bölamiz, qöy, deb yuraverardi. Ana endi qanaqa şarmanda böldik”, deydi yigit.

Sud onaning davosi yöqligini, ayol doimiy janjallar qilib kelganini inobatga olib hukm öqildi. Unga köra, yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: