Özbekiston Prezidentining Xitoyga rasmiy taşrifi yakunlandi
3-09-2025, 13:41
150 марта
Özbekiston Prezidentining Xitoyga rasmiy taşrifi yakunlandi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy taşrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari 31 avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyantszin şahridagi “Meytszyan” kongress markazida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida iştirok etdi.
Özbekiston yetakçisi 1 sentyabr kuni ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi va “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvda qatnaşib, köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş hamda taşkilot faoliyatini takomillaştiriş böyiça qator taşabbuslarni ilgari surdi.
2 sentyabr kuni Pekin şahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokaralar bölib ötdi. Uçraşuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolandi.
Şuningdek, Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Davlatimiz rahbari Xitoy Boş vaziri Li Tsyan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va işbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uçraşuvlar ötkazdi.
Özbekiston Prezidenti 3 sentyabr kuni Pekin şahrida Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan ötkazilgan Ğalaba paradida iştirok etdi.
Taşrif tadbirlari yakunlangaç, davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy rasmiylari kuzatib qöydi.



